So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  4 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

"Qo'qon-1912": Bosh murabbiy haqida Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Bosh murabbiy haqida

Avval vada berganimizdek, “Qo'qon-1912” jamoasining yangi bosh murabbiyi haqida malumot berib o'tamiz.

Murod Ismoilov nomi futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. U futbolchilik faoliyatida yarim himoyachi poziciyasida harakat qilgan. Avtomobilchi (sobiq To'miryo'lchi), Neftchi, Atlaschi SHahrixonchi, Nasaf va Cementchi jamoalari safida oliy va birinchi liga uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Futbolchilik faoliyatiga yakun yasagach, 46 yoshli mutaxassis Paxtakor futbol akademiyasida ish boshlagan. 2006 yil sherlar tizimida faoliyat yuritishga kirishdi. Akademiyada muvaffaqiyatli ishlagach, uni jamoa o'rinbosarlar tarkibi murabbiylar shtabida ish yuritishga taklif qilishdi. Malum vaqt mobaynida o'rinbosarlarga o'zi boshchilik ham qilgan. 2010 yil esa uni Miodrag Radulovich shtabida ish yuritishi haqida qaror qabul qilindi. Natijada Ismoilov evropalik mutaxassis bilan birga ish olib borib, undan turli kerakli jihatlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Radulovich ketgach, endi Haydarov shtabida ishlashda davom etdi. 2011 yil esa u Aleksey Evstafeev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida Meksikadagi Jahon chempionatida chorak finalgacha etib bordi. SHuningdek, Ahmadjon Musaev boshchilik qilayotgan yoshlar terma jamoasi shtabidan ham o'rin egallagandi. Lekin Paxtakordagi faoliyati tufayli keyinchalik yoshlar termasi yig'inlarida qatnasha olmadi. 2012 yilgi mavsum boshida serbiyalik Deyan Jurjevichga yordamchi murabbiy vazifasini bajardi. Lekin xorijlik murabbiyga javob berilgach, klub rahbariyati Ismoilovni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi. Yosh mutaxassis esa bu ishonchni yo'qqa chiqarmadi va undan unumli foydalandi. Natijada 2013 yilgi mavsumni Murod Muzaffarovich to'laqonli bosh murabbiy sifatida boshladi. “Paxtakor”dagi bir yillik faoliyatidan keyin unga 2014 yilda “Neftchi”dan taklif tushdi. Farg'onaning bosh jamoasida ishlashni ixtiyor etgan Ismoilov “Neftchi”da 2 mavsum faoliyat yuritdi. U oxirgi yillarda o'sib kelayotgan umidli mutaxassislardan biri hisoblanadi. Akademiya tizimidan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan murabbiy bu yog'iga o'z uslubiga sodiq qolgan holda yoshlarga jiddiy etibor berishni yoqtiradi.

Aytgancha,  Murod Ismoilov 2011 yilning sentyabr-dekabr oylarida ham Paxtakorga ustozlik qilgandi. O'shanda ham mutaxassis bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Endi u “Qo'qon-1912” ravnaqi uchun ter to'kadi.

Bizning malumot:
Murodjon Ismoilov
1969 yil 4 yanvar kuni tug'ilgan.
O'yngan jamoalari: Avtomobilchi (sobiq To'miryo'lchi), Neftchi, Atlaschi SHahrixonchi, Nasaf va Cementchi.
Murbbiy sifatida erishgan yutuqlari:
2011 yil: O'zbekiston kubogi sohibi.
2012 yil: O'zbekiston chempioni.
2015 yil aprel oyida O'zbekiston Professional Futbol Ligasi va “Championat.Asia” hamkorligida o'tkazilgan so'rovnomada oyning eng yaxshi murabbiyi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика