So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

"Qo'qon-1912" bilan o'yinni "Paxtakor" uchun omadli hakam boshqaradi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" bilan o'yinni "Paxtakor" uchun omadli hakam boshqaradi

Bugun Qo'qonda mezbon jamoa Toshkentning "Paxtakor"ini qabul qiladi.

Qo’qon-1912

Oybek Rustamov - 9', Muhammadanas Hasanov - 40', YAkuba Bamba - 73', Sardor Azimov - 76'

Superliga. 21-tur

01/10/2021, 16:00

2
:
4
Tugadi

Paxtakor

SHahzod Azmiddinov - 47', Xojimat Erkinov - 71'

45'
90'
9'  Oybek Rustamov
40'  Muhammadanas Hasanov
73'  YAkuba Bamba
76'  Sardor Azimov
47'  SHahzod Azmiddinov
71'  Xojimat Erkinov

16:00'da start oladigan uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Malumot uchun, Agishev uchun bu o'yin Superliganing joriy mavsumida 15-si bo'ladi. U 2021 yilda "Paxtakor" ishtirokidagi 3 o'yinni (Superkubokni qo'shib hisoblaganda) boshqargan va ularning barchasida "sherlar"ning qo'li baland kelgan.

06.03.2021 "Paxtakor" 1:0 "Nasaf" (O'zbekiston superkubogi)

18.03.2021 AGMK 0:3 "Paxtakor" (Superliga, 3-tur)

04.07.2021 "Paxtakor" 2:1 "Lokomotiv" (Superliga, 12-tur)

FAKT: Vadim Agishev joriy mavsum hech kimga qizil kartochka ko'rsatmagan.

Toshkentlik referi yil boshidan beri "Qo'qon-1912" ishtirokidagi faqat bitta o'yinda ishlagan. Unda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari "Mashal"ni enggan (Muborak, 5-tur).

Eslatib o'tamiz, 43 yoshli referi mazkur jamoalar orasidagi o'tgan mavsumning 23-turi doirasida o'tgan bahsda ham ishlagan edi. O'shanda "Paxtakor" 2:1 hisobida g'alaba qozongan, Agishev Toshkent klubi darvozasiga penalti belgilagan.

Umuman olganda, Agishev "Paxtakor" uchun juda ham omadli hakam hisoblanadi. Toshkent klubi u boshqargan so'nggi 9 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. 

"SHerlar"ning Agishev boshqargan bahslardagi oxirgi mag'lubiyati 2016 yilning 20 iyuniga to'g'ri keladi. O'shanda G'uzorda mehmon bo'lgan "Paxtakor" 3:1 hisobida engilgan edi ("SHo'rtan" safida xet-trikka erishgan Zafar Polvonovning gollari SHerzodbek Karimov 1 bor javob qaytargan). Nimad deb o'ylaysiz, "shunqorlar" bugun poytaxt klubining 5 yillik omadli seriyasiga nuqta qo'ya olishadimi?

"Qo'qon-1912" necha yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti?

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика