So’nggi yangiliklar

23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  1 22:57Португалия — Испания. Роналду ва Ямал асосий таркибда  22 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  4 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  40 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  11 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  9 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  15

"Qo'qon-1912": Aziz va Jalil bir-birini qanchalik yaxshi bilishadi? Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Aziz va Jalil bir-birini qanchalik yaxshi bilishadi?

Do'stlik – inson axloqining bebaho go'zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari.

SHuning uchun ham u barcha davrlarda yuksak qadrlangan. Sportchilar, xususan, futbolchilar orasida ham bir-biri bilan ahil munosabat o'rnatganlar bisyor. Bugun ana shunday chin do'stlar bilan sizlarni yaqindan tanishtiramiz. Aniqrog'i, Qo'qon-1912 jamoasi futbolchilari – darvozabon Aziz Ashurov hamda himoyachi Jalil Kimsanov sahifamiz mehmoni bo'lishadi. Do'stim haqida rukni ostida berib boriladigan loyihamizning bu galgi qahramonlariga 11tadan savol bilan murojaat qildik. Alohida takidlash joiz, ular bir-birlarining javoblarini eshitishmagan. Ko'raylik-chi, do'stlar bir-birlarini qanchalik yaxshi bilishar ekan?

O'rtangizdagi do'stlik qachondan boshlangan?

Do'stingizning aynan qaysi xislatini qadrlaysiz?

Belgilangan uchrashuvga kech qoladimi?

Yolg'on gapirib turadimi?

Tug'ilgan kuni qachon?

Qaysi faslni yaxshi ko'radi?

Qaysi taomni xush ko'rib istemol qiladi?

Mag'lubiyatni qanday qabul qiladi?

Futboldan tashqaridagi qiziqishlarini bilasizmi?

Nimani orzu qiladi?

Do'stingizga tilaklaringiz…


Jalil Kimsanovning javoblari:

Aziz bilan adashmasam, 2002 yili tanishganman. Aynan futbol tufayli do'st tutinganmiz. O'sha paytdan to hozirgacha davom etib kelayotgan do'stligimizga ilohim, ko'z tegmasin.

Hamma xislatini qadrlayman. Mehnatsevar, katta-yu kichikni birdek hurmat qiladi. Qo'lidan kelganicha yordam berishga intiladi.

Kechga qolgan paytlari bo'lib turadi. Lekin ko'pincha u meni mashinasida uydan olib ketadi. Mashg'ulotlarga ham, o'yinga ham birga boramiz.

Yolg'on ishlatganini eslay olmayman. Hazil tariqasida gapirishi mumkin, lekin baribir, oxirida O'rtoq, bu hazil edi, deb qo'yadi.

1986 yilning 28 iyulida tug'ilgan. Ushbu sanada Azizni birinchilardan bo'lib tabriklashga harakat qilaman.

Yoz faslini yaxshi ko'radi.

Oshni sevib istemol qiladi.

Mag'lubiyat unga juda qattiq tasir qiladi, boy berilgan o'yinni esidan chiqarishi qiyin. SHunday paytlarda unga dalda berish, ko'nglini ko'tarishga harakat qilaman.

Futboldan bo'shagan kezlari vaqtini asosan oilasi davrasida o'tkazadi. Farzandlarini juda yaxshi ko'radi. O'yin va mashg'ulotlardan keyin darhol uyiga oshiqadi. Do'stimning mana shu xislatini juda qadrlayman.

Orzusi – futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng Qo'qon-1912 murabbiyi sifatida ishlab, yaxshi natijalarga erishish.

Do'stimga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Jarohat olmasin. Farzandlari rohatini ko'rib yursin. Bu yilgi futbol mavsumi jamoamiz uchun omadli kelsin. CHempionatni g'alaba bilan boshladik. Muvaffaqiyatlarimiz davomiy bo'lsin.


Aziz Ashurovning javoblari:

Jalil bilan 5-sinfda o'qiyotgan kezlarimiz tanishgandik. O'sha paytlarda Qo'qonda Hokim kubogi musobaqasi o'tkazilardi. SHu turnirda bir-birimizga qarshi maydonga tushganmiz. Taqdirni qarangki, o'sha o'yindan keyin bizni hozirgi klubimizga taklif qilishgan. O'shanda boshlangan do'stligimiz shu kungacha davom etmoqda. SHunday do'stim borligidan xursandman. Qanday ishga qo'l ursam ham, albatta, Jalil bilan maslahatlashaman.

Qo'lidan kelganicha yordam berishga intiladi. Hech qachon Bilmayman, demaydi. Hech bo'lmaganda, o'sha masala bo'yicha o'z fikrini bildiradi. Ishonuvchan, gapirganda so'zlari doim samimiy chiqadi, yasama emas. SHu xislatlarini qadrlayman.

Hamma erga birga boramiz. Uning xonadoni stadionga yaqinroq bo'lgani uchun ko'pincha uni mashinamda olib ketaman. To'y-hashamlar, umuman, barcha tadbirlarga Jalil hamrohligida boraman.

SHaxsan meni aldamagan. Boshqalar bilan munosabatda ham yolg'on ishlatmagan, deb o'ylayman. CHunki uning fel-atvori shunday. Yolg'on gapirmoqchi bo'lsa, yuzi qizaradi. Bir-ikki marta ko'nglimga tegmasligi uchun yolg'on qo'llagan. Lekin yaxshilik yo'lida ishlatilgan bu so'zni yolg'onga tenglashtirilmaydi.

1986 yil 26 fevral kuni tavallud topgan. Bir yilda tug'ilganimiz uchunmi, juda qalin do'stmiz. Bir-birimizni ham maydonda, ham uning tashqarisida bir qarashdayoq tushunamiz.

Bahorni yoqtiradi. Sababi, chempionatimiz aynan shu faslda boshlanadi.

O'zi pazanda emas, taom pishirishni bilmaydi. Lekin oshni juda yaxshi ko'radi.

Garchi mag'lubiyatdan so'ng tushkun holatga tushsa-da, uni tezroq esdan chiqarishga intiladi. Aks holda, bu keyingi o'yinlarda salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Ko'p ko'rganman, himoyada yo'l qo'ygan xatolarini tahlil qiladi.

Hamma sport turiga qiziqadi. Basketbol va tennis jonu dili. Ayniqsa, stol tennisini juda yaxshi o'ynaydi.

Eng katta orzularidan biri – Qo'qon-1912 safida Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynash.

Bundan ham yaxshi jamoalarda to'p sursin. Oila azolarining baxtiga hamisha sog' bo'lsin. Eng muhimi, do'stligimiz umrbod davom etsin.

Mana, Do'stim haqida rukni ostidagi loyihamizning navbatdagi qahramonlari – Qo'qon-1912 azolari Jalil Kimsanov va Aziz Ashurovning chin do'stligidan boxabar bo'ldik. Har ikki futbolchining do'stlik rishtalari abadiy bo'lishini tilab qolamiz.


Kamoliddin ALIMOV  yozib oldi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика