So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

“Qo'qon-1912” – AGMK: O'zaro o'yinlar tarixidan Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – AGMK: O'zaro o'yinlar tarixidan

Superliga 17-turini vakillarimiz Qo'qonda AGMK jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Ananamizga sodiq qolgan holda mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlariga doir statistik malumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O'zbekiston chempionatlarida etti marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning bittasida futbolchilarimiz g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda olmaliqliklar qo'li baland kelgan. Ikkita bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

To'plar nisbati 9-6  AGMK foydasiga. O'zaro uchrashuvlarda jamoamiz besh ochkoni qo'lga kiritgan. AGMK hisobida esa 14ochko mavjud.

Barcha uchrashuvlar:
18.04. 2015 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 2:1
26.08. 2015 – Qo'qon -1912 – Olmaliq – 0:1
30.06.2016 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 3:2
22.11.2016 – Qo'qon-1912 – Olmaliq – 2:1
25.05.2017 – Olmaliq – Qo'qon-1912 – 0:0
25.11.2017 – Qo'qon-1912 – Olmaliq – 1:2
12.04. 2018 – AGMK – Qo'qon-1912 – 0:0
 
SHerzod Qosimov Qo'qondagi bahsga tayinlandi
18-19 iyul kunlari Superligada 17-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakam, nazoratchi hamda komissarlar malum bo'ldi. Unga ko'ra, 18 iyul kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – AGMK o'yinini SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Qiziq jihati shundaki, ushbu referi mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvini ham boshqargan.

Bundan tashqari, 6 may kuni bo'lib o'tgan “Paxtaqor” –  “Qo'qon-1912” uchrashuvida aynan SHerzod Qosimov ishlagan edi.

Ushbu hakam boshqargan har ikki bahsda ham durang natija qayd etilgan.


Superliga
17-tur
18 iyul, chorshanba
“Qo'qon-1912” — AGMK
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Andrey Capenko, Davron Akmalov.
Nazoratchi: Arslon Xotamov.
Komissar: Bobur Haydarov.

Boshlanish vaqtlari

Mazkur uchrashuv 18 iyul kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda soat 20:00da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o'rinbosalari maydonga tushishadi. O'yin Uchko'prikdagi “Markaziy” stadionda soat 17:45da start oladi.

Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика