So’nggi yangiliklar

09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  5 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  6 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0

"Qo'qon-1912": Abduqodirov, Yuldashev, Lepasovich ketdi, Ilin keldi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Abduqodirov, Yuldashev, Lepasovich ketdi, Ilin keldi

Malumki, “Qo'qon-1912” klubi yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rmoqda.
Poytaxtdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasi jamoaning vaqtinchalik qarorgohi vazifasini o'tab bermoqda. Rahbariyat jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. O'z navbatida murabbiylar shtabi ham kurashchan jamoa shakllantirish maqsadida ishlamoqda.

Xabaringiz bo'lsa kerak, “Qo'qon-1912” annaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan PFL Kubogi turnirida ishtirok etmoqda. Taqvimga ko'ra, bugun jamoa o'rin olgan “V” guruhida uchrashuv o'tkazilmadi. Ertaga jamoalar 3-tur bahsini o'tkazadi. Xususan qo'qonliklar guruh peshqadami bo'lib turgan “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin CHilonzordagi suniy-qoplamali maydonda, soat 12:30da boshlanishi ko'zda tutilgan. O'z oldiga har bir bahsda g'alaba qozonishni vazifa qilib qo'ygan “Qo'qon-1912” tabiiyki ushbu turnirda ham ijobiy natija qayd etish uchun kurashmoqda.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, bungacha jamoa o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etgan himoyachi Bahrom Yuldashev va hujumchi Abdulatif Abduqodirov kuni-kecha klub lagerini tark etdi. SHuningdek malum muddat jamoada ko'rikda bo'lgan legioner hujumchi Aleksandr Lepasovich ham endilikda o'ziga boshqa jamoa topadigan bo'ldi.

Bungacha "Mashal", "Qizilqum" va "Buxoro" kabi jamoalarda o'ynagan himoyachi Ilya Ilin bugungi kunda "Qo'qon-1912" ko'rigida bulib turibdi. Agarda uning hatti-xarakatlari murabbiylarga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi.

Tarkibni yanada kuchaytirish va chempionat startiga qadar hujumkor o'yinni shakllantirish borasida murabbiylar shtabi shug'ullanmoqda. O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi safida o'ynagan va tajribali futbolchi bilan muzokara o'tkazilmoqda. Agarda har ikki tomon qoniqarli kelishuvga erisha olsa, bu haqda batafsil malumot beramiz. Selekciya ishlari mavsum startiga qadar davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика