So’nggi yangiliklar

20:50"Насаф" назорат ўйинида Қозоғистон жамоасини мағлуб қилди  7 20:21Ван Нистелрой "Лестер"ни қутқара олмаяпти  0 19:53"Манчестер Сити" - "Ньюкасл" 3:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  76 19:50"Рома" "Порту"га қарши баҳсдаги ҳакамлик бўйича УЕФАга эътироз йўллайди  0 19:32АПЛ. "Арсенал" сўнгги ўн дақиқаликдаги голлар эвазига ғалаба қозонди  5 19:26Гари Невилл: "Қандай қилиб "Ливерпуль" билан яхши ўйнаб, "Кристал Пэлас"га ютқазиш мумкин"  2 18:31"Реал" таркиби эълон қилинди  76 18:31U-20 Осиё кубоги. Журжевич бошчилигидаги Хитой кейинги босқичга чиқди, Қирғизистон яна 5 та гол ўтказди  1 18:03"Пахтакор" - "Ал Садд". Акром Афиф Тошкентга келмади  19 17:54"Милан" Феликсни яна ижарага олмоқчи  3 17:46U-20 Осиё кубоги. Австралияда кетма-кет иккинчи ғалаба, Қатарда иккинчи мағлубият  3 17:04U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон терма жамоаси оқ либосда ўйнайди  5 16:43"Лестер" - "Арсенал". Варди, Эдегор ва Стерлинг асосий таркибда  51 16:27Роналдо: "Винисиус терма жамоада "Реал"даги каби ўйин кўрсата олмаяпти"  81 15:45Башар Ресан: "Пахтакор" таклифини дарров қабул қилдим. Янги футболчилар жамоани чемпионлик етаклашни мақсад қилганмиз"  5

"Qo'lim ko'ziga qattiqroq tegib ketdi" Yangiliklar

"Qo'lim ko'ziga qattiqroq tegib ketdi"

Internet tarmoqlarida tarqalgan Javohir Esonqulov bilan Akrom Xo'jaevning suratlari va videosi o'zbek futboli uchun juda xunuk voqea bo'ldi.

Bir og'iz so'z bilan aytganda sharmanda. O'zbek futboli uchun uyat! Futzalchilarimiz guruhdan chiqqani bir tomon, bu voqea bir tomon bo'ldi. Rasmlar va videodan yaqqol ko'rinib turibdi, Javohir Esonqulovni yaxshigina kaltaklashgan. Videoda o'zining aytishicha, bir kishi qo'lidan ushlab turgan va uch kishi urgan. 

"Surxon" klubi sardori Asror G'ofurovning aytishicha esa "qo'li ko'ziga sal qattiqroq" tegib ketgan. Agar sal qattiqroq tegib ketgani shu bo'lsa, unda musht tugul shapaloq tushirsa nima bo'larkin. Saytimizda Asrorning intervyusi chiqdi.  

Emishki mukofot pullari tarqatilayotgan payt futbolchi klub ofisiga borgan va eshikdan kiraverishda haqoratli yozuvni ko'rgan. Uning haqoratli yozuvni o'qib jahli chiqqan. Keyin unga videoyozuvni ko'rsatishgan va shundan so'ng yozuvni yozgan futbolchini chaqirtirgan. Akrom ham, Javohir ham kelgan. Ular orasida janjal chiqqan va Asror G'ofurov jahl ustida qo'li bilan Javohirning ko'ziga qattiqroq tegib yuborgan.O'rtaga Akrom suqilib, ularni ajratmoqchi bo'lgan va shu payt unga ham Asrorning qo'li "bexosdan" tegib ketgan.

Endi savol tug'iladi: Asror G'ofurov devordagi yozuvni ko'rdi va jahli chiqdi ham deylik. Yozuvni kim yozganini bildi ham deylik. Xo'sh, shundan keyin devordagi yozuv haqida rahbariyatga malum qilganmi? Nima sababdan rahbariyat emas, balki u futbolchilarni chaqirib gaplashib olmoqchi bo'ldi? Umuman agar uning aytganlari bo'yicha fikr qiladigan bo'lsak, nima uchun telefon qilib har ikki futbolchini chaqirtirgan: shunchaki gaplashib olish uchunmi yoki "samosud" qilish uchunmi?

Masalan, Asror G'ofurov jamoa sardori sifatida klub rahbari oldiga kirib, falonchi siz haqingizda bo'lmag'ur narsalarni yozibdi deyishi ham mumkin edi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, "Surxon" klubi matbuot xizmati o'z telegram sahifasida Javohir Esonqulov bilan shartnoma shu yilning 21 iyul kuni har ikki tomonning o'zaro roziligi bilan bekor qilingani va futbolchining klubdan moliyaviy etirozi yo'qligini yozdi. 

Agar 22 iyuldan boshlab Javohir Esonqulov "Surxon" futbolchisi emas va u jamoadan ketgan deb hisoblasak, unda Asror G'ofurovning u bilan nima ishi bor? Axir Javohir jamoadan ketgan-ku. Agar o'ynab turganida ham boshqa gap edi. "Sen shu erda biz bilan o'ynayapsan, nimaga haqoratli so'zni yozding?" desa ko'pchilik tushunardi. 

Asror G'ofurovning intervyusida bitta gapga to'liq qo'shilamiz. Yani, bu chindan ham o'zbek futboli uchun juda yoqimsiz holat bo'ldi. Kaltak egan futbolchining suratlarini ko'rib esa unga nisbatan ochiqchasiga "samosud" bo'lgan degan tasavvur yuzaga kelyapti.

Bu ishni birinchi navbatda O'FA chuqur va batafsil o'rganib chiqishi talab etiladi. Qolaversa PFL ham voqea yuzasidan bayonot berishi kerak. CHunki chindan ham xunuk voqea bo'ldi. Mayli, futbolchi klubdan ketgan bo'lsa ham, pul so'rab klub ofisiga kelibdi ham deylik. Lekin pul so'rab borgan futbolchini bunaqa "muomala" kutib turgan bo'lsa, ertaga "Surxon" uchun o'ynayman deb kim boradi? Bu voqea boshqalarning ham ikkilanishiga va "Surxon"dan taklif tushsa hushyor tortishiga sabab bo'lmaydimi?

X.Xoliqov.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика