Qo'l bilan o'yin uchun penalti belgilamagan VAR rahbari mavsum oxirida istefoga chiqadi
01 mar 2023 23:41
Yangiliklar
Qo'l bilan o'yin uchun penalti belgilamagan VAR rahbari mavsum oxirida istefoga chiqadi
APLdagi VAR rahbari Nil Suorbik mavsum oxirida vazifasini tark etadi.
Malumotlarga ko'ra, Nil Suorbik ushbu yozda istefoga chiqadi. 57 yoshli referi 11 fevral kuni "Vest Xem" - "CHelsi" (1:1) o'yinida VAR hakami vazifasini bajargan. Ushbu uchrashuv oxirida Suorbik bosh hakam Kreyg Pousonga "CHelsi" darvozasiga penalti belgilamaslikni maslahat bergan.
Oldinroq, "Brentford" - "Arsenal" bahsida "to'pchilar" darvozasiga penalti belgilamay, xato qilgan Li Meyson istefoga chiqqan edi.
Fikrlar