Qodirqulov, Qobilov, Ahmadaliev va boshqalar. "Bunyodkor"da kimlarning shartnomasi tugamoqda?
12 noy 2020 17:41
Yangiliklar
Qodirqulov, Qobilov, Ahmadaliev va boshqalar. "Bunyodkor"da kimlarning shartnomasi tugamoqda?
"Bunyodkor" klubining bir qator futbolchilari shu yil oxirida erkin agentga aylanishadi.
Abdumavlon Abdujalilov, Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Selim Nurmuradov, Davronjon Ergashev, Vladislav Nuriev va Bahodir Pardaevning shartnomasi shu yil so'nggida yakuniga etadi.
SHartnoma tugashiga 6 oydan kam muddat qolganida istalgan klub futbolchilar bilan muzokara olib borishi va shartnoma tuzish huquqiga ega. Faqat bu haqda "Bunyodkor"ni rasman ogohlantirishi talab etiladi.
Bu futbolchilar erkin agent sifatida klubdan ketmasliklari uchun "Bunyodkor" ular bilan shartnomani uzaytirishi talab etilardi. Biroq hozirga qadar bu borada hech qanday rasmiy xabar chiqqani yo'q.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar