So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  5 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Qizlarga futzal kerak Yangiliklar

Qizlarga futzal kerak

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun CAFA Cup turnirida qatnashish uchun Tojikistonga yo'l oldi.

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 9-16 fevral kunlari Markaziy Osiyo futbol associaciyalari - CAFA turniri bo'lib o'tadi. Bunda Farrux Zokirov boshchiligidagi O'zbekiston futzal ayollar terma jamoasi Eron, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.




Osiyo chempionatiga tayyorgarlik

Tojikiston mezbonlik qiladigan CAFA turniri qizlar uchun Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi vazifasini o'tab beradi. Bilasiz, 11-19 yanvar kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan ayollar o'rtasida futzal Osiyo chempionati saralash bosqichida terma jamoamiz yaxshi ishtirok etib, ikkinchi o'rin bilan Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Osiyo chempionati haqida malumot

Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha Osiyo chempionati shu paytgacha ikki bor - 2015 va 2018 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2020 yil Quvaytda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan musobaqa COVID-19 sabab bekor qilingan.

2015 yil. Malayziya
Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha Osiyo chempionati ilk bor 2015 yil Malayziyada tashkil qilingan. O'zekiston ayollar futzal terma jamoasi bu musobaqada tarixda birinchi bor qatnashib, guruhda to'rtinchi o'rinni egallagan (Eron, Malayziya, Gokongdan so'ng).

2018 yil. Tailand
Ayollar o'rtasida futzal bo'yicha Osiyo chempionati ikkinchi bor 2018 yil Tailandda o'tkazilgan. Bunda ham O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi ishtirok etgan va guruhda Erondan so'ng ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqqan. Ammo chorak finalda qizlarimiz Yaponiyaga 1:5 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark egan.

2025 yil. Xitoy
Mana endi shu yilning 6-7 may kunlari OFK uchinchi marta ayollar o'rtasida futzal Osiyo chmpionatini o'tkazadi. Bunda 12ta terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Kecha 6 fevral kuni qura tashlash marosimi o'tkazilib, O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi A guruhidan joy oldi.

A guruhi: Xitoy, O'zbekiston, Xitoy Tapeyi, Avstraliya.
B guruhi: Eron, Vetnam, Gonkong, Filippin.
C guruhi: Tailand, Yaponiya, Indoneziya, Bahrayn.




Musobaqa yakuniga ko'ra chempion, ikkinchi va uchinchi o'rin sohiblari futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'l oladi.

Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati FIFA tarixida ilk bor shu yil o'tkaziladi. Xalqaro darajadagi mundialga Filippin mezbonlik qiladi. Musobaqa 21 noyabrdan 7 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Ayollar o'rtasidagi futzal Jahon chempionatida 16ta terma jamoa qatnashadi. Osiyoga mezbon Filippindan tashqari yana uchta o'rin berilgan.

FIFA va OFK etibori


So'nggi yillarda FIFA va OFK ayollar futboliga katta etibr berib kelyapti. Buning natijasida ayollar o'rtasida futbol bo'yicha terma jamoalar musobaqalari, klublar chempionlar Ligasi, futzal bo'yicha ham terma jamoalar, ham klublar o'rtasida turli musobaqalarni yo'lga qo'yish va o'tkazish ortib boryapti.

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasini bo'lajak Osiyo chempionatida muhim bellashuvlar kutib turibdi. Katta ehtimol bilan qizlarimiz oldiga kuchli uchlikka kirib, Jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yiladi. Lekin vazifa qo'ygan bilan uni bajarish oson bo'lmaydi.

Nima uchun? Birinchidan, kuchli jamoalar ko'p va hamma Jahon chempionatiga borishni istaydi. Ikkinchidan, futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi bu musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'radi degan savol yuzaga keladi.

Federaciya tomonidan tashkil etiladigan yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuvlari o'z yo'liga. Lekin murabbiylar selekciya qilishi uchun musobaqa kerak. Nazarimizda futzal bo'yicha qizlar o'rtasida ichki chempionat va Kubok o'yinlari o'tkazilmasligi, murabbiylarga ko'p jihatdan og'ir kelyapti. Agar xotiram pand bermasa, 2020 yildan buyon uzoq davom etadigan bu kabi musobaqalar o'tkazilmay qo'ydi. O'tgan yil tashkil qilingani bir haftada tugadi.




O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli uchlikka harakat qilishi uchun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatini yo'lga qo'yish davr talabi bo'lib qolyapti. Masalan, 10ta jamoa ishtirokida ikki davrali musobaqa o'tkazish, chempionat yakunlangach Kubok o'yinlarini tashkil etish - shuning o'zi ham kamida 4-5 oyni o'z ichiga oladi.



Bu orqali ham murabbiylarga selekciya qilish oson bo'ladi, ham qizlar o'rtasida raqobat ortib boradi. CHunki bilamizki, hozirgi terma jamoadagi aksar o'yinchilar - futbolchi qizlar. Ular bahorda O'zbekiston chempionati start olsa, katta futbol o'ynaydi va faqat terma jamoaga chaqirilganda zalga kirishadi. Bu esa Osiyo chempionatiga qattiq tayyorgarlik ko'rish uchun kamlik qiladi.

Oldin ham shunday bo'lgan: yani, qizlar dekabrdan martgacha futzal, boshqa oylarda futbol o'ynardi. Hozir futzal qoidalari o'zgarib, shu bilan birga takomillashib borayotgani hamda qizlarga muntazam futzal amaliyoti kerakligi uchun haftada bir marta zalda rasmiy o'yin o'tkazishga ehtiyoj sezilyapti. Bu orqali qizlar futzalni yaxshi o'zlashtirish bilan birga qonun-qoidalardan ham vaqtida boxabar bo'lib borishadi.

X.Xoliqov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика