So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  10 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  7 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  32 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  25

Qiziqarli va g'amgin hikoya. Evropa chempionlar kubogi va Oltin to'pni o'ylab topgan insonni hozir hech kim eslamaydi Yangiliklar

Qiziqarli va g'amgin hikoya. Evropa chempionlar kubogi va Oltin to'pni o'ylab topgan insonni hozir hech kim eslamaydi

Barchasi Daily Mail Vulverxemptonni klublar o'rtasidagi Jahon chempioni deb elon qilganidan so'ng boshlangan.



1954 yilning kuz fasli. Angliya chempioni va mamlakat Cuperkubogi sohibi «Vulverxempton» o'z uyida «Spartak»ni 4:0 hisobida taslim qildi, Daily Record esa ruslarning ustidan kulib sarlavha qo'ygan. Qo'pol, ammo xafa bo'lishga hojat yo'q edi: gazetalar «Vulvz»ning har bir qurboni ustidan kulishardi. Bu jamoa SHotlandiyaning «Seltik», Argentinaning «Rasing» va Tel-Avivning «Makkabi» (10:0) kabi klublar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib barchasida g'olib bo'lgan. Eng muhim bahsni oxiriga qo'yishdi: Vengriyaning «Gonved» klubi safida buyuk Ferenc Pushkash o'ynardi.

Bu o'yindan barcha qasos kutardi: 1953 yilda Vengriya terma jamoasi Angliyani «Uembli»da 6:3 hisobida mag'lub etgan, o'z uyida esa 7:1 hisobida sharmanda qilgandi. «Bunday ajoyib hujumni Britaniyada biz hali ko'rmagan edik», – deb yozgandi The Guardian nashri. O'sha paytda televizor orqali faqat kubok finallari namoyish etilardi, ammo «Vulverxempton» o'yini shunchalik hissiyot bilan muhokama etilardikui, BBC ikkinchi bo'limni jonli namoyish etdi xolos.

«Bizning uyda televizor yo'q edi, shu bois uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa qolganida uning devori yonida to'p tepardim, – deb yodga oladi 8 yoshli Jorj Best o'z avtobiografiyasida. – Uning ismi Xarrison edi, men futbol ishqibozi ekanligimni juda yaxshi bilar va zarbalar tovushini eshitardi. Bunday tryukni barcha muhim o'yinlardan oldin amalga oshirardik, ammo u darhol uyga taklif qilmasdi, terlashga to'g'ri kelardi. Malum vaqt o'tganidan keyingina eshikni ochib shunday derdi: «Men bilan birga futbol ko'rishni istaysanmi?» Men uyga o'qdek kirib ketardim».

O'yin ertak misoli o'tdi. «Gonved» dastlabki 15 daqiqa ichida ikkita gol urdi, ammo tanaffusdan so'ng kuchli yomg'ir yog'di: mehmonlar loyga qarshi jang qilishdi, bunday havoga o'rganib ketgan mezbonlar esa uchta gol urdi va Angliya bir muddat aqldan ozdi. Barchadan ham ko'ra Daily Mail bayram qildi va «Vulverxempton»ni klublar o'rtasidagi Jahon chempioni deb elon qilib yubordi. Gazeta bu gaplarni bosh murabbiy Sten Kullis aytganini yozdi, ammo murabbiy bunday gapni hech qachon aytmaganini takidlardi.



Bunday bayonotga barcha ham qo'shilmadi. Franciyaning etakchi gazetasi L’Equipe undan ham dahshatli sarlavha chop etdi.


«Yo'q, «Vulverxempton» hali klublar o'rtasidagi Jahon chempioni emas!

Tag sarlavha: «Biz klublar o'rtasidagi Evropa chempionatini taklif qilamiz. U terma jamoalar o'rtasidagi musobaqadan ham sensacionroq bo'ladi».

Ikkita katta argument:


1. «Vulverxempton» «Spartak» va «Gonved»ni o'z uyida, mavsum o'rtasida (Angliyada 21-tur bo'lib o'tgandi) mag'lub etdi. Moskva va Budapeshtga xatto borilmadi ham.

2. Umuman olganda dunyoda boshqa kuchliroq klublar bor. «Milan» yoki «Real» haqida eshitganmisiz?

«Jahon chempionati yoki Evropa chempionati formati orginal ko'rinardi. Bunda Markaziy Evropa klublari o'rtasidagi to'qnashuvlar barchani kutib turardi. Bunday musobaqa ko'p muhokama bo'lishiga ishonamiz va tavakkal qilish kerak».

Matnni L’Equipe muharriri yozgan. Uning ismi Gabriel Ano edi.



Franciya terma jamoasida o'ynagan va murabbiy bo'lgan. Birinchi Jahon urushida qatnashgan va anonim tarzda o'z istefosini so'ragan


Kalta olingan soch, silliq kostyum, keskin va diqqatli nigoh. U shunday fikrlar edi: U nimanidir bilsa, atrofdagilar ham shuni bilish kerak. Francuz qo'l siqishni umuman yoqtirmasdi:  bu narsa gigienaga to'g'ri kelmasligini va ortiqcha vaqt olishini aytardi, yana uzoq suhbatlarni jini suymasdi. Hamkasblari uni hurmat qilardi va qo'rqib turishardi.

Ano 1889 yilda tug'ilgan, yoshligidan futbolni va tillarga qiziqib qolgan. Barchasi o'xshardi: u tezda ingliz tilini o'rganib oldi, nemis tilida ideal tarzda gapira boshladi va 18 yoshida Franciya terma jamoasi o'yinchisiga aylandi. Yosh himoyachi 11ta o'yinda maydonga tushgach barchasi teskariga aylanib ketdi: Birinchi Jahon urushi boshlandi. Anoning jasurligi chegara bilmas edi: u nemis qamoqxonasidan qochib ketgan va francuz aviaciyasiga yordam berishga chaqirilgan, janglarda ishtirok etgan, asosiysi tirik qolgandi (osmonga ko'tarilgan 17 ming francuz askarlaridan 5,5 ming nafari halok bo'lgan edi).


1919 yilda Ano terma jamoaga bitta o'yin uchun qaytdi. Sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushdi va o'sha kuniyoq faoliyatini yakunladi. 30 yoshda. Sportdan so'ng u jurnalistlik qila boshladi, Le Miroir des Sports (golf va samoletlar haqida), L’Auto (L’Equipe dan oldingi) gazetalarida ishladi va shu orqali futbolga qaytdi. 1945 yilda Anoni Franciya terma jamoasiga «texnik selekcioner» (aslida bosh murabbiy yordamchisi) lavozimiga ishga olishdi. Bosh murabbiy boshqa inson edi, ammo amalda barchasini Ano boshqarardi. SHu bilan bir vaqtda L’Equipe gazetasida ham ishini davom ettirardi.

«Xayratlanarli hech nima bo'lmagandi: matbuot va federaciya o'rtasida o'xshashlik bor edi, – deydi tarixchi Pol Dichi. – Gazetalar rasmiy hujjatlarni chop etishar va siyosatchilar fikrini taqdim etardi. Jurnalist terma jamoani boshqarmoqda? Bugungi kunda bu g'alati, ammo o'sha paytda barcha buni oddiy qabul qildi».

Ano terma jamoada ham o'z uslubidan voz kechmadi. 1949 yil aprel oyida Franciya Gollandiyaga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi, u mazkur bahsni miyasidan chiqarib tashlay olmasdi. Soat tonggi 4da jamoa sardori Jan Pruffning xonasiga qo'ng'iroq qilib, uni uyg'otdi: «Umid qilamanki, bunday sharmandalikdan keyin uxlamagandirsan? Men uxlay olmadim. Nonushta vaqtida keyingi o'yinda maydonga tushishga noloyiqligingni barchani aytasan va birinchi poezddayoq uyga ketasan».

Bir necha soatdan so'ng Ano Rotterdamdagi mehmonxona liftida Pruffni ko'rib qoladi va bittagina savol beradi: «Sen haliyam shu erdamisan?».


«SHunday tarzda o'z noroziligini bildirar edi, – deb yodga oladi futbolchi. – Agar u rost gapni aytayotgan bo'lsa nima ham deya olardim? Balki, Ano barchaga xatto men, jamoa sardori ham hech qanday imtiyozlarga ega emasligini ko'rsatmoqchi bo'lgandir. Menimcha bu ajoyib».

Yana bir ajoyib voqea. Ano boshchiligida terma jamoa dahshatli g'alabasiz seriyaga o'ralashib qoldi: 5ta o'yinda 4ta mag'lubiyat. Ispaniyaga qarshi (1:5) o'yindan ikki kun o'tgach  L’Equipe gazetasida anonim matn chop etildi «To'ntarilish – Franciya terma jamoasini saqlab qolish uchun yagona imkoniyat». Qiziq, kim bunday narsa yozgan ekan?

Ikki betda Franciya jamoasidagi o'zgarishlar haqida gap borgan. Muallif mutasaddilarga ko'p pul to'lanishidan norozi edi (oyiga 120 ming frank mamlakatdagi minimal oylikdan 10 baravar ko'p edi), chempionatda juda ko'p jamoa bor (18tadan 14 yoki 16taga kamaytirish kerak), o'yinlar o'rtasida tanaffus yo'q, mavsum o'rtasida ham o'rtoqlik o'yinlari bo'laveradi.

Matnda shunday joy bor: «Hozirgi bosh murabbiy hech qanday natijaga erisha olmagan, futbolchilardan effekt ola bilmagan. Uni almashtirish vaqti keldi. Bizga yangi murabbiy kerak».

Keyinroq avtor kimligi aniqlandi, hech kim xayron qolmadi: maqolani Ano yozgan edi. U o'zining istefosini so'rab maqola yozgandi.


Uni gapiga qo'shilishdi. 24 soatdan so'ng Anoni istefoga chiqarishdi.

L’Equipe Janubiy Amerikadagi musobaqadan nusxa olgan

Ano ko'pincha yorqin va effektiv maqolalar yozardi. Evropa klublari o'rtasidagi musobaqa haqidagi maqola katta muhokamaga sabab bo'ldi: tahririyatni xatlar bilan to'ldirib yuborishdi, uch kundan so'ng L’Equipe boshqa jurnalist Jak de Risvikning maqolasini chop etdi. U musobaqa reglamentini ishlab chiqqan hamkasbi Jak Ferranning ishini namoyish etgandi.

Bu g'oyani FIFA ham qo'llab quvvatladi, ammo bu etarli emasdi: aynan 1954 yilda UEFA tashkil etilgan edi, endi bunday musobaqalarga aynan shu tashkilot javob berardi. 1955 yil mart oyida Venada tashkilotning debyut kongressi bo'lib o'tdi, u erda Ano va Ferran Evropa chempionlar kubogi musobaqasi qanday bo'lishi mumkinligini namoyish etib berishdi. UEFA tavakkal qilishni istamadi, ammo oxiri bir shart bilan rozi bo'ldi: Strukturani oxirigacha ishlab chiqadi va klubda mahalliy federaciyalar bilan muammo kelib chiqmaydi.

Kelishib olishdi.  

Bunday narsani yoddan chiqarish to'g'ri emas: Agar L’Equipe Janubiy Amerikadagi musobaqaga qiziqib qolmaganda zamonaviy Evropa chempionlar ligasi paydo bo'lmasligi mumkin edi.

1929 yilda Urugvayning «Nasonal» klubi xo'jayinlari Roberto Espil va Xose Usera Bermudes o'ylanib qolishdi: qitadagi eng kuchli klubni aniqlash uchun musobaqa kerak. Formatni, geografiyani va reglamentni hal qilib olishdi. 1930 yilda bu g'oyani CHilining «Kolo-Kolo» klubi prezidenti Robinson Alvares Maringa etib bordi.

1948 yilda «Kolo-Kolo» Janubiy Amerika klublari o'rtasidagi chempionatni tashkil etdi: birinchi musobaqa Santyagoda 11 fevraldan 17 martga qadar davom etdi. Unda 7ta klub qatnashdi. CHiliga «River Pleyt», «Nasonal», «Vasko da Gama», «Deportivo Munisipal» (Peru), «Litoral» (Boliviya) va «Emelek» (Ekvador) klublari kelishgandi.


«Bu chempionatni Evropadagilar ham bilib qolishdi, – deb yoziladi Renato Gonsalesning «O'yindan tashqari holat: CHili futboli tarixi» nomli kitobida. – L’Equipe bosh muharriri Gabriel Ano ushbu musobaqani yoritayotgan muxbirning sharhlarini maroq bilan o'qir edi, oxiri Evropada ham mana shunga o'xshash musobaqa o'tkazish taklifini maqola tarzida chop etdi».

Bu muxbir Jak Ferran edi, 2015 yilda u Globo Esporte nashriga intervyu berib barchasini tasdiqladi: «Barchani ortda qoldirishni istayotgan Evropa qanday qilib bunday musobaqani o'tkazmasligi mumkin edi? Biz shunchaki Janubiy Amerikadan namuna oldik va uni rivojlantirdik».

Birinchi Evropa chempionlar kubogi 1955/56 yilgi mavsumda bo'lib o'tgan, unda ishtirok etuvchi klublarni L’Equipe aniqlagan edi. Dastlabki ro'yxatda 18ta klub bor edi, ammo bazi klublar taklifni rad qilishdi. Masalan, «CHelsi» – Angliya futbol Associaciyasi tavsiyasi bilan musobaqada qatnashmadi.



«To'g'risini aytganda, bu erda o'ynash qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini umuman o'ylamagan edik, – deydi «Real» safida ilk musobaqada chempion bo'lgan yarim himoyachi Fransisko Xento. – SHunchaki maydonga tushdik. Agar g'alaba qozonsak nima bo'lishini hech kim bizga tushuntirmadi. Format haqida ham hech nima bilmasdik. Finalda «Reyms»ni mag'lub etganimizdan keyingina qandaydir katta yutuqni qo'lga kiritganimizni tushunib etdik».

***

Ano Evropada birinchi murabbiylik seminarlarini tashkil etdi, 1930 yillarda futbol Franciyada professional bo'lishini talab etardi. Anoning qanday odam ekanligini tushunib etganingizdan so'ng bir qo'shimcha qilamiz: «Oltin to'p» ham uning g'oyasi.


1956 yilda Gabriel France Football bosh muharriri bo'lib ishlayotgandi va mashhur hamkasblaridan Evropaning eng yaxshi besh nafar futbolchisini aytishlarini so'ragan. Birinchi o'rin uchun 5 ochko, ikkinchi o'ringa – 4, uchinchi o'ringa – 3, to'rtinchi o'ringa – 2, beshinchi o'ringa – 1. Balllar qo'shilib g'olib aniqlanardi. Birinchi marta 16 nafar jurnalist ovoz berdi, birinchi «Oltin to'p» «Blekpul» hujumchisi Stenli Mettyuzga nasib qildi.

Ano uning ishiga etibor qilishlarini yaxshi ko'rardi, ammo hech qachon mashhurlikka intilmasdi. Balki, shuning uchun uning ismi tarixdan o'chib ketgandir: to'rt yil oldin The Guardian Franciyada bironta ko'chan, bironta stadion va bironta maktabga uning nomi qo'yilmagan, L’Equipe va France Football tahririyatlarida esa sobiq bosh muharrirning rasmi ham yo'q.

Nohaqlik va juda achinarli.


sports.ru saytidan Narzulla tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика