Qiziq! "Kuchli-beshlik"dagi top jamoalar yangi yilni g'alaba bilan boshlay olishmadi
07 jan 2015 03:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/157449_original.jpg)
![](/upload/storage/157449_220.jpg)
Qiziq! "Kuchli-beshlik"dagi top jamoalar yangi yilni g'alaba bilan boshlay olishmadi
Dastavval Angliya chempionatining 20-turida "Arsenal", "CHelsi" jamoalari o'z raqiblariga mag'lub bo'lishgan edi. Lui van Gal boshchiligidagi "Manchester Yunayted" esa "Stok Siti" bilan, "Liverpul" esa "Lester" bilan o'yinda durang qayd etdi.
Ispaniya chempionatining 17-turida "Real" "Valensiya"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Barselona" "Real Sosedad" oldida ojiz qoldi.
Italiya chempionati ham "syurpriz"larga boy bo'ldi. "Milan" kutilmaganda o'z maydonida "Sassuolo"ga yutqazib qo'ygan bo'lsa, "Yuventus" hamda "Inter" o'rtasidagi bahsda g'olib nomi aniqlanmadi.
SHunday qilib "kuchli-beshlik"dagi har uchchala chempionatning eng nomdor jamoalar yilni g'alaba bilan boshlay olishmadi.
Franciya hamda Germaniya chempionatlarida esa hozircha kichik tanaffus yuzaga kelgan va u erda hali tur o'yinlari bo'lib o'tgani yo'q.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar