Qiziq fakt. Angliyada to'qqizlar

3 iyun 2016, 22:30
Yevropa chempionatining final bosqichida Angliya terma jamoasi jami 27 o'yin o'tkazgan.


Angliya hozirga qadar Yevropa chempionatining final bosqichida 8 marotaba qatnashgan. Bu galgi ishtirok ular uchun to'qqizinchisi bo'ladi.

Angliya o'tkazilgan 27 o'yinda 9 bor g'alaba nashidasini surgan, 9 marta durang o'ynagan va yana 9ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan.

Ularning g'alaba, durang va mag'lubiyat ketma-ketligi to'qqizlar bilan to'lgan.

To'plar nisbati esa 36-31.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia