"Qizilqum"ga yaponiyalik futbolchining kelishi kutilmoqda
03 mar 2016 10:54
Yangiliklar
"Qizilqum"ga yaponiyalik futbolchining kelishi kutilmoqda
Navoiyning "Qizilqum" klubi yangi mavsum arafasida bir qator yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.
Klub bosh menejeri Hamidjon Aktamovning "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida jamoaga yaponiyalik futbolchi kelishi mumkinligi haqida aytib o'tgan.
"Selekciya ishlarini yomon olib borganimiz yo'q. Ilhom Yunusov, Alisher Yusupov, Samandar SHodmonov, Otabek Narzullaev singari tajribali o'yinchilar bilan shartnoma imzoladik. SHuningdek, o'tgan yili jamoamizda o'ynagan uch nafar legionerni ham olib qoldik. SHu kunlarda Yaponiyadan futbolchi kelishini kutayapmiz. Zayavka muddati yakunlanishiga yana bir necha kun vaqt bor. Agar yaponiyalik futbolchi maqul kelsa, u bilan ham shartnoma tuzamiz", - deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar