So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

“Qizilqum”ga xorijdan murabbiy keladi...mi? Yangiliklar

“Qizilqum”ga xorijdan murabbiy keladi...mi?

Bu yilgi chempionatni barqaror o'tkaza olmagan Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi kuchlilar safida o'z o'rnini katta qiyinchilik bilan saqlab qoldi.
Klubda murabbiylarning tez-tez o'zgarishi ham natijaga salbiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. Etibor bering, “oltin izlovchilar” mavsum-2013ni uchta murabbiy bilan o'tkazdi!

Avvaliga Ravshan Haydarov keyinchalik esa Rustam Zabirov ham malum muddat ishladi. Ikkinchi davradan esa Yuriy Lukin boshqaruvni o'z qo'liga oldi.

Har bir murabbiy o'z qarashiga mos tushadigan futbolchilarni olib kelgani ham tarkibini shakllanishiga to'sqinlik qilganini ham inkor etib bo'lmaydi.

Elitada qolishni so'nggi turda uddalagan “Qizilqum” rahbariyati oxirgi o'yindan keyin futbolchilarga tatil bergan.

Endi jamoa azolari 18 dekabrdan o'z qarorgohida yig'iladi va shu kundan boshlab dastlabki yig'inga kirishiladi. Unda asosan mahalliy futbolchilarning ishtirok etishi kutilmoqda.  “Nasaf” va “Olmaliq” klublaridan ijaraga olingan o'yinchilar o'z jamoalariga qaytib ketishdi.

SHu bois keyingi yil jamoaning tarkibida yangilanish paydo bo'lishi tabiiy. Oliy liganing bir qator etakchi klublari safida o'ynagan futbolchilar bilan ayni paytda muzokara o'tkazilmoqda.

Ammo ularning o'z jamoalari bilan amalda shartnomasi turganligi uchun nomlar oshkor etilmayapti.

SHuningdek aytishlaricha, katta extimol bilan “Qizilqum”da xorijlik murabbiy ish boshlashi kutilmoqda. CHunki rahbariyat Yuriy Lukinga chet eldan maslahatchi murabbiy olib kelishni o'z rejasiga kiritganligi to'g'risida malumotlar bor. Biroq bu masala hozircha rasman tasdiqlanmadi.

Har yili bo'lganidek, bo'lajak mavsumda ham jamoa safida legionerlar o'ynaydigan ko'rinadi. Bu borada ham ayni paytda nomzodlar ustida ish olib borilmoqda. Xorijlik futbolchilar bilan kelishuvga erishilgan taqdirda ham, ular yanvar oyidan boshlanadigan ikkinchi yig'inga kelishi mumkin.

5-10 dekabr oralig'ida, PFL legionerlar limitida o'zgarish qilishi kutilmoqda. Aynan shunga qarab, “Qizilqum” ham o'z tarkibiga chet eldan o'yinchi olib kelishni o'ylab turibdi.

Islombek Rustambekov     

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика