So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  1 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  21 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

"Qizilqum"dagi inqiroz sabablari yoxud jamoani qutqaradigan odam kim? Yangiliklar

"Qizilqum"dagi inqiroz sabablari yoxud jamoani qutqaradigan odam kim?

Ochig'i so'nggi yillarda bunchalik kuchsiz "Qizilqum"ni ko'rmagandim.

Qaysidir manoda jamoada haqiqiy inqiroz boshlangan ko'rinadi. Gap moliyaviy yoki moddiy tomonlama emas, jamoa haqida ketmoqda. Sababsiz oqibat bo'lmas, degan hikmatli jumla rost bo'lsa, "Qizilqum"ning bugungi holatga kelib qolishi ham bir nechta omillarga bog'liq. 

OKMK

Sanjar Tursunov - 23', Shohruh Gadoyev - 51', Xurshid G’iyosov - 81', Ruben Sanchez - 90'

Superliga. 9-tur

08/05/2023, 19:00

0
:
4
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
23'  Sanjar Tursunov
51'  Shohruh Gadoyev
51'  Siyavash Haqnazariy
74'  Sanjar Tursunov (Mirjamol Qosimov)
74'  Abdulla Abdullaev (Oybek Rustamov)
74'  Martin Boake (Mirzhahon Mirahmadov)
81'  Xurshid G’iyosov
85'  Siyavash Haqnazariy (Ruben Sanchez)
89'  Shohruh Gadoyev (Muhammadanas Hasanov)
90'  Ruben Sanchez
90'  Mirjamol Qosimov
56'  Islom Toshpo'latov
64'  Oybek Nurmatov (Diyor Rahmatilloev)
70'  Alisher Sanayev
71'  Sherali Jo’rayev (Davron Anvarov)
78'  Alisher Sanayev (Humoyun Abdualimov)
78'  Viktor Mbaoma (ZHasur Xolto'raev)
80'  Azizbek Usmonov

Tarkib va selekciyadagi sustlik 

Oxirgi 5 yillikda "Qizilqum"da bu darajada kurashuvchanlik qobiliyati yo'q tarkib yig'ilmagandi. Aytmoqchi bo'lganim jamoa qishki transfer oynasida doim maksimal darajada foydalanib kelgan. Legionerlar borasida ham klub deyarli adashmas, Elguja Grigalashvili deysizmi, Mate Vatsadzemi, Kuxianidzemi yoki Stanislavlevich bir bosh baland ekanligini isbotlagan. Islom To'xtaxo'jaevdan tortib, Temurxo'ja Abduxoliqovgacha o'ynab ketdi. Bu yil esa klub haminqadar "Ko'rpangga qarab oyoq uzat" qabilida yo'l tutdi. Aslida ayb "ko'rpada" emas, uning egalarida. "Do'ppini" bir chetga surib fikr bildiradigan bo'lsak, "Qizilqum"ning tobora "jarga" qulab ketayotganiga shubhamiz qolmayapti. Qutqaruvchi kim? Bu haqida pastda. 

Asror Aliqulov 

O'zbek futbolida o'z nomiga, obro'yiga ega murabbiy uchun Superliga ilk bahor hisoblanadi. Bungacha Asror CHorievich Pro ligada "Mashal"ni elita sari etakladi, muborakliklar bilan missiyani Superligada davom ettirmay, qiyin ahvoldagi "SHo'rtan"ni bir necha yil boshqardi. SHaxsan o'zim Asror Aliqulovning murabbiylik potencialiga yuqori baho berib, bir necha bor jiddiy jamoalarda ishlashi tarafdori ekanligimni aytib keldim. O'sha kun keldi, lekin bu pallada "Qizilqum"dan tashqari boshqa jamoalar  "otni qamchilashga ulgurgandi". "Qizilqum" dengizdagi to'fonda qolib ketgan kichkina kema holiga tushib qoldi, guyo.  Hammasi Aliqulov o'zi kutgandek tus olmadi. Hozir mutaxassis hammasini o'ylab olishi kerak. Keyingi o'yinlarda bu vaziyatdan olib chiqib keta olishiga ishonadimi yoki yozgacha rahbariyat imkon berib, tarkibni kuchaytirish uchun sharoit yaratib beradimi? Ikki tomon bir piyola choy ustida yaxshilab bir qarorga kelib olishi shart

Jamoada ichki muhit yaxshi emasmi?

"Qizilqum"da bosh murabbiy bor, o'z nomi bilan bosh murabbiy. Uning qarori-qaror, aytgani-aytgan, degani-degan bo'lishi kerak. Kenjaboevning bu hatti-harakatini Aliqulovga nisbatan o'ta hurmatsizlik sifatida baholayman. Deylik Kepa Arrisabalagaga o'xshab o'ziga ishonch bilan almashtirishni bekor qilib, o'yin davomida nimadir karomat ko'rsatganida boshqa gap edi. Kenjaboev maydonda qoldi, nima qildi? Aytarli hech narsa. Bilishim bo'yicha bunday holat ilk turda ham boshqa futbolchi bilan ro'y bergan. 

"U futbolchining o'ziga bog'liq. Biz jamoa sifatida uning harakatini noto'g'ri deb hisoblaymiz. Bu jamoadagi ichki nizo va shunday holatlar jamoaning o'yiniga albatta tasir o'tkazadi",- deydi Asror Aliqulov. 

Futbolda ichki muhitga ko'p narsa bog'liq. U bevosita maydonda futbolchilarning harakatida baribir bildirib qo'yadi. "Qizilqum" bugun himoyaviy desak, himoyachilar o'z ishini qilgani yo'q, qarshi hujum desak, oldingi chiziqdagilarda nimadir vaziyat bo'lmadi. Darvozaga aniq zarba yo'llanganini men ko'rmadim, agar o'tkazib yuborgan bo'lsam, statistika aldamaydi. Bir so'z bilan aytganda jamoada ichida ham, maydonda ham tartib yo'qolgan. 

"Qizilqum"ni qutqarib qolishi mumkin bo'lgan inson haqida

Hamidjon Aktamovni kim qanday talqinda tushunsa, tushunaversin. Lekin aynan ushbu mutaxassis "Qizilqum"ning imijini, selekciya jarayonlaridagi faolliklarini, chempionatga qisman bo'lsa ham intriga qo'shishini taminlab turgandi. "Qizilqum"ning 5-o'rinni egallashidagi asosiy mehnatni Lazarevich emas, bevosita Aktamov qilgan. "Kimdir qilib mehnatni, kimdir obro' topadi",- deyilgani bejiz emas. Tarkibni aynan Aktamov shakllantirganini bilsangiz kerak. 

Hozirda Superligada Aktamov, Babayan, Qosimov, SHackix kabi nomlar istaymizmi yoki yo'q chempionatning qiziqarli o'tishiga tasir qiladi. Buni nomlar deydilar. Natijalar muvaffaqiyatsiz ko'rinish olaversa, Aktamovning qaytishi yanada realroq vaziyatga aylanadi. Lekin bu jarayon rahbariyat istasagina amalga oshishi mumkin.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика