"Qizilqum" jamoasi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi
26 mar 2015 17:50
Yangiliklar


"Qizilqum" jamoasi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi
Ikkinchi turdan joy olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" jamoalari o'yinidan so'ng, navoiylik futbolchilarga qisqa muddatli tatil berilgandi.
Rejaga ko'ra, 26 mart kuni konchilar o'z qarorgohlarida yig'ilib, navbatdagi uchrashuvga hozirlikni boshlab yubordilar. Ayni chog'da jamoa azolari Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi uchinchi turda Samarqandga safar qiladi. "Dinamo" futbolchilariga qarshi o'tadigan mazkur o'yin 4 aprel, shanba kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi uchinchi turda Samarqandga safar qiladi. "Dinamo" futbolchilariga qarshi o'tadigan mazkur o'yin 4 aprel, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar