So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  0 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  9 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

"Qizilqum": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshladi FOTO Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshladi FOTO

Taqvim bo'yicha dastlabki turda "Qizilqum" jamoasi Jizzaxga safar qilishi kerak edi.
Ammo "So'g'diyona" jamoasi uy uchrashuvlari o'tadigan stadion mavsumga shay emasligi tufayli uchrashuv Navoiyda o'tkaziladigan bo'ldi.

Yangi mavsumdan boshlab "Qizilqum" yoshlariga Obid Xudoyorov murabbiylik qilmoqda. Muxlislar bu mutaxassisni o'z vaqtida "Zarafshon" (Navoiy), "Nasaf" (Qarshi) jamoalaridagi hujumchilik davridan yaxshi bilishadi. Oxirgi yillarda Obid "Qizilqum" jamoasida murabbiy Vitaliy Rogovanovga yordam berayotgandi. Amaldagi yildan boshlab u mustaqil faoliyat olib bormoqda.

Bir so'z bilan aytganda, "So'g'diyona" yoshlariga qarshi kechgan bahs Obid Xudoyorov uchun o'ziga xos debyut o'yini bo'ldi. Uchrashuvda uning shogirdlari ham yomon taassurot qoldirishmadi.

Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda yagona gol mezbonlarga ilk g'alabani tuhfa etdi. O'yinning oxirgi daqiqalarida jizzaxlik yoshlar o'z jarima maydonchasi ichkarisida o'yin qoidasini buzdi. Hakam tomonidan belgilangan 11-metrlik jarima to'pini Sarvarjon Xolmatov chiroyli tarzda darvoza to'riga joyladi - 1:0.

Uchrashuv fotogalereyasi

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi
1-tur, 2015 yil 13 mart (juma)
"Qizilqum" (Navoiy) - "So'g'diyona" (Jizzax) - 1:0 (0:0).
Navoiy shahri. "So'g'diyona"  stadioni. 425 tomoshabin
Hakamlar:
Elyor Tursunov (Buxoro) - 7,8, Evgeniy Zakutilin (Navoiy) - 7,9, Leonid Zakutilin (Navoiy) - 8,2, Nodir Boltaev (Navoiy) - 9.
Gol: Sarvarjon Xolmatov (88-pen.).

"QIZILQUM": 12.Dilshod Hamroev, 6.Boburjon O'roqov, 14.Olmos Fayziev (52.Viktor Grigorev, 51), 43.Husniddin Fazliddinov, 44.Saidjon Hayitov, 51.Boburjon Iskandarov (11.Maruf Tillaev, 46), 57.Nuriddin Rahmatullaev, 58.Bobur Mamirov (54.Jahongir Ismatov, 83), 77.Nodirjon SHahobiddinov (48.SHuhratjon Rajabov, 82), 87.Ruslan Sanaev (47.Sarvarjon Xolmatov, 46), 90.Alisher Azizov (53.Xurshidjon Yo'ldoshev, 46).

"SO'G'DIYONA": 12.SHirinboy Abdullaev (31.Mixail Spiridonov, 46), 2.Dilmurod Ikromov, 4.Bekzod Tursunov (3.SHuhrat Suyarqulov, 65), 5.Alisher Islomov, 6.Zufar Ortiqov, 7.Sanjar Rihsiboev (14.SHahboz Jo'rabekov, 56), 8.Siroj Meliev, 9.Sardor Qahhorov, 10.Sobir Hamidov (18.Muqim Toshmatov, 46), 11.Nodirbek Ibragimov, 15.Mo'min Meliev (17.Al-Salomu Azatov, 78).

Ogohlantirishlar:  Dilshod Hamroev (2), Ruslan Sanaev (40), Bobur Mamirov (53) - Sardor Qahhorov (29), Sobir Hamidov (45), Dilmurod Ikromov (87).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика