So’nggi yangiliklar

00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  3 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  4 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  23 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1

"Qizilqum": “Yoshlar” sport majmui futbol maydoni tayyor Yangiliklar

"Qizilqum": “Yoshlar” sport majmui futbol maydoni tayyor

Bugun sifatli maydon futbolning ajralmas bir bo'lagi sanaladi.

Garchi, keyingi paytlarda ayrim o'lkalarda suniy yashil maydonlar barpo etilib, hatto xalqaro uchrashuvlar o'tkazilayotgan bo'lsa-da, hech bir narsa tabiiy chim o'rnini bosa olmaydi.

Avval xabar qilganimizdek, Navoiydagi ko'rkam va zamonaviy “Yoshlar” sport majmuasida muxlislarbop va chiroyli o'yinlar tashkil etish yo'lida xayrli ishga qo'l urilgan edi. Navoiy viloyati hokimligi, viloyat futbol federaciyasi tashabbusi bilan mazkur sport majmuasi futbol maydoni chimini almashtirish va sifatini yaxshilash yumushlari iyul oyida boshlab yuborilgandi.

Rejaga ko'ra, mahalliy xomiylar ko'magida uch oyda davomida keng ko'lamli bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishni amalga oshirish koreyalik mutaxassislar zimmasiga yuklatildi. Poytaxtimizda “Lokomotiv” hamda TTYMI stadionlari uchun yashil maydon barpo etib bergan IP OOO “RITA IVESTMENT” korxonasi mutaxassislari futbol maydonini to'liq qayta rekonstrukciya qilib,  maysani futbol o'ynash uchun tayyor holatga keltirdilar.

- Bugun Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda millionlar o'yinini - futbolni yanada rivojlantirish yo'lida katta ishlar amalga oshirilyapti, - deydi “Qizilqum” PFK bosh menejeri Hamidjon Aktamov.  - Bundan ko'zlangan bosh maqsad - sog'lom avlodni tarbiyalash, istedodli yoshlarni kashf etish, yurtimiz dovrug'ini dunyoga yoyishdir. Bu kabi g'amxo'rlik va etibor esa joylarda mutaxassislarni yanada ko'proq izlanish, ishlashga undashi tabiiy. Mamlakatimizning boshqa viloyatlarida bo'lgani kabi bugun Navoiyda ham futbol ommaviyligini oshirishga alohida ahamiyat berilyapti. Viloyat hokimligi tomonidan futbolni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash borasida talaygina ishlar olib borila.tganligi etiborlidir. Viloyat futbol federaciyasi kelgusida oldimizga Navoiyda kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. Stadionda nafaqat yashil maydon uchrashuvlar uchun shay holatga keltirildi. Balki uning sifatini yuqori holatda saqlash uchun xorijdan maydonga ishlov beruvchi maxsus anjom va texnikalar keltirildi. Germaniyadan maxsus buyurtma asosida xalqaro talablarga javob beruvchi darvozalar olib kelindi va ular uchrashuvlardan oldin maydonga o'rnatiladi. Kelgusida “Yoshlar” sport majmuasi stadionidagi tabloni ham zamonaviy raqamli tabloga almashtirishni mo'ljallayapmiz.

- Kelgusida shu ishlar bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. “Qizilqum” PFK qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi ishini yanada jonlantirish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi. Bu borada aniq dasturlar ishlab chiqildi. Hozirda Nodirjon Boltaev rahbarlik qilayotgan futbol maktabidan umidimiz juda katta.

- Muhimi, yaqin yillarda nafaqat mamlakat milliy chempionatida sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan, balki OFK tasarrufidagi yirik xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan jamoani shakllantirishni mo'ljallaganmiz. Buning uchun Navoiyda barcha shart-sharoit mavjud, deb bilaman.

- Garchi, stadionimiz bugun o'yin o'tkazish uchun tayyor holatga keltirilgan bo'lsa-da, mutaxassislar bilan kelishib, unda uy uchrashuvlarini yangi mavsumdan uyushtirishni rejalashtirganmiz. Yashil maydonni yuqori sifatini ushlab qolish va uni ko'z qorachig'imizdek asrashimiz lozim.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика