"Qizilqum" yig'inida 3 nafar yangi futbolchi ko'rinish berdi
06 jan 2023 13:55
Yangiliklar


"Qizilqum" yig'inida 3 nafar yangi futbolchi ko'rinish berdi
Xabaringiz bor, jamoa 2023 yilgi mavsum uchun tayyorgarlikning ikkinchi bosqichida qatnashmoqda.
Saytimizga malum bo'lishicha, jamoada bir nechta yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Bular — "Mashal" himoyachisi Samandar SHukurullaev, "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Avazxon Mamatxo'jaev (suratda) va "Metallurg" bilan xayrlashgan hujumchi Jasur Xolto'raev.
Malumot o'rnida, navoiyliklar 3-17 fevral kunlari Turkiyada yig'in o'tkazishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar