So’nggi yangiliklar

09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5

“Qizilqum” Yangi yil bayramini tantana qildi Yangiliklar

“Qizilqum” Yangi yil bayramini tantana qildi

Teglar :  Qizilqum
Kuni kecha Navoiydagi “Qizilqumcement” hissadorlik jamiyati sihatgohida “Qizilqum” futbol klubi azolari Yangi yil bayrami munosabati bilan jam bo'ldilar.

Unda nafaqat “Qizilqum” jamoasi azolari, balki “Guli” futbolchi qizlari, viloyat rahbarlari, xomiylar va boshqa ko'plab mehmonlar qatnashdilar.

Tantana avvalida Navoiy viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov so'zga chiqdi va yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

-  “Qizilqum” jamoasi ikki yil oldin milliy chempionatimizni o'n birinchi pog'onada yakunlagan edi, - dedi Erkinjon Oqbo'taevich. - Bu yil esa futbolchilarimiz mavsumni o'ninchi pog'onada nihoyasiga etkazdi. Agar shu tarzda o'sishga erishiladigan bo'lsa, “Qizilqum”ning chempionligini yana to'qqiz yil kutishga to'g'ri kelarkan. Mamlakatimida shaxsan Yurtboshimiz tashabbuslari bilan millionlar o'yini jadal ommaviylashib, rivojlanib bormoqda. Navoiyda milliy chempionatimizda sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoani shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlar etarli. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Navoiyda “Yoshlar” sport majmuasida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, mazkur sport inshooti yashil maydonining yuqori sifatli maysa bilan qoplanganligi nafaqat futbolchilarni, balki muxlislar kayfiyatini ham ko'tarib yuborishi tabiiy. Bunday stadionda kuchli va har jihatdan shakllangan jamoalar futbol o'ynashi lozim. SHunday ekan, biz futbolchilarimizdan chiroyli futbol va yuqori natijalar kutadigan payt keldi, deb o'ylayman.

-  Bundan bir necha yil oldin “Qizilqum” jamoasi oliy ligadan tushib ketmasa bo'ldi, degan hadik bilan mavsum oxirini kutardik, - deydi Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi raisi Isroil Rahmatov. - Mana asta-sekin jamoa azolari chempionatda o'z o'yinlarini topib borishmoqda. Endi futbolchilarimizning sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan fursati etdi. Barchangizni kirib kelayotgan Yangi - 2016 yil bilan tabriklar ekanman, sizlarga bir xushxabarni etkazib qo'ymoqchiman. “Qizilqum” jamoasi azolariga kelasi mavsum oldidan xorijiy rusumdagi yangi va  zamonaviy avtobus taqdim qilamiz.

-  “Qizilqum” jamoasini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlashda ko'maklashayotganimizdan xursandmiz, - deydi “Qizilqumcement” HJ raisi Rustam Ayxodjaev. - Futbolchilarimiz chempionat kuchlilari safiga qo'shilsa bundan boshimiz osmonga etardi. Jamoamizning ko'psonli muxlislarimizni quvontiradigan o'yinlar namoyish etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Tadbirda viloyatning bir guruh xonandalari o'zlarining diltortar kuy-qo'shiqlari bilan yig'ilganlar ko'nglini shod etdi. Ayniqsa, “Qah-qaha” qiziqchilar guruhi chiqishlari bayram fayziga yanada fayz qo'shdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика