So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Qizilqum": Uy uchrashuvlari "Yoshlar" sport majmuasida o'tkaziladi Yangiliklar

"Qizilqum": Uy uchrashuvlari "Yoshlar" sport majmuasida o'tkaziladi

"Qizilqum" jamoasi muxlislari uchun ajoyib yangilik! Navoiylik futbol ishqibozlari o'z suyuklilarining uy uchrashuvlarini endi yangi stadionda tomosha qilish imkoniga ega bo'ladilar.
O'zbekiston XXIII milliy chempionati oliy liga bahslarining ettinchi turidan boshlab, "Qizilqum" futbolchilari o'z maydonidagi o'yinlarni Navoiy shahri "Umid" qo'rg'onida qad rostlagan "Yoshlar" sport majmuasida o'tkazadi.

- Sport majmuamiz stadioni o'z bag'riga 12500 tomoshabinni sig'dira oladi, - deydi majmua rahbari Sobirjon Haydarov. - Bu sport inshooti 2012 yili Navoiyda zo'r muvaffaqiyat bilan o'tkazilgan umumtalim maktablari o'quvchilarining "Umid nihollari - 2012" sport o'yinlari respublika final bosqichi arafasida foydalanishga topshirilgan edi. Majmuada shuningdek, sport va badiiy gimnastikaga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabi ham faoliyat ko'rsatadi. Yaqin kunlarda bu erda Navoiy shahridagi 17-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi ish boshlaydi. Bu esa o'g'il-qizlarimizning kelajakda futboldan tashqari, engil atletika, regbi, mini futbol, og'ir atletika hamda veloshosse sport turlari bilan ham shug'ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
CHempionat taqvimiga ko'ra, "Qizilqum" jamoasi milliy chempionatimiz ettinchi turi doirasida Samarqand dinamochilarini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv 3 may kuni Navoiy shahrining "Umid" qo'rg'onidagi "Yoshlar" sport majmuasi yashil maydonida bo'lib o'tadi.

- Yangi stadion Navoiy viloyat hokimligi hamda viloyat futbol federaciyasining jamoamiz azolari uchun ajoyib tuhfa bo'ldi, - deydi "Qizilqum" futbol klubi ijrochi direktori Hamidjon Aktamov.

- Zamonaviy stadionda to'p surishni kim ham istamaydi, deysiz! Tarixiy kun arafasida turibmiz. Maqsadimiz bundan keyingi uchrashuvlarda ham o'z muxlislarimizni chiroyli va hujumkor o'yinlarimiz bilan xursand qilishdir. Hozirda futbol klubimiz ishchi-xizmatchilari yashil maydonni o'yinlarga tayyorlashga jiddiy kirishganlar. Ishonamanki, stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar bu erdan uylariga maroqli hordiq bilan qaytadilar. Ular uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz, albatta.

Fotogalereya
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика