"Qizilqum" tayyorgarlikni qachon boshlaydi?
06 jan 2020 12:32
Yangiliklar
"Qizilqum" tayyorgarlikni qachon boshlaydi?
Superliganing barcha klublari 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborishgan.
Biroq Navoiyning "Qizilqum" klubi hozircha jim. O'tgan mavsumda Superligani tark etgan "Dinamo" bilan bir xil ochko to'plagan va faqat qo'shimcha natijalar tufayligina elitada jon saqlab qolgan jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashga shoshilmayapti.
Bu borada klub bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovga murojaat qilganimizda qisqa qilib "Hozircha byudjet aniq emas, kutayapmiz" deb javob berdi.
PFL yangi mavsum 28 fevral kuni start olishini elon qilgan. Demak, 2020 yilgi Superliga boshlanishiga 53 kun vaqt qoldi. "Qizilqum"dagilar mana shu qisqa vaqt jamoa tayyorgarlik ko'rishiga etarli deb hisoblamoqda shekilli? Ko'ramiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar