"Qizilqum" serbiyalik vinger bilan kelishuvga erishdi
14 jan 2022 20:35
Yangiliklar
"Qizilqum" serbiyalik vinger bilan kelishuvga erishdi
Serbiya Superligasining "Vojdovac" klubi azosi Aleksandar Stanisavlevich Navoiy jamoasi sharafini himoya qiladi.
32 yoshli futbolchi "Vojdovac" safida umumiy 51 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan hamda 14 ta golli uzatma qayd etgan.
Aleksandar Stanisavlevich faoliyati davomida Avstriya, Vengriya, Serbiya, Greciya, Isroil va Qozog'iston klublarida to'p tepib, jami 46 ta gol urgan va 44 ta golga assistentlik qilgan.
Malumotlarga qaraganda, "Qizilqum" yangi vakili hujumchi, vinger hamda hujumkor yarim himoyachi poziciyalarida o'ynay oladi.
U O'zbekiston Superligasi kashfiyotlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Fikrlar