"Qizilqum" serbiyalik legionerni o'z safiga qo'shib oldi
07 jan 12:07
Yangiliklar
"Qizilqum" serbiyalik legionerni o'z safiga qo'shib oldi
O'tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasida to'p tepgan serbiyalik tajribali himoyachi Dushan Miyich endilikda "oltin izlovchilar" sharafini himoya qiladi. Klub rahbariyati futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Dushan Miyich haqida:
Tug'ilgan kuni: 22.06.1993 yil
Tug'ilgan joyi: Novi Sad — Serbiya
Ampluasi: himoyachi
To'p tepgan jamoalari: "Novi Sad" (Serbiya), "Bachka" (Serbiya), "Krupa" (Bosniya va Gercegovina), Xayduk" (Serbiya), "Trayal" (Serbiya), "Ararat" (Armaniston), "Dinamo" (O'zbekiston)
Eslatib o'tamiz, Dushan yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida umumiy hisobda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.
Dushan Miyichning jamoamizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. Xush kelibsiz "Qizilqum" PFK ahil oilasiga!", - deb yozadi "Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar
Mengayam yoqmadi bu o'yinchi Qizilqum bari pensionerlani jalb qilishda davom etmoqda