So’nggi yangiliklar

12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  1 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3

“Qizilqum” o'rtoqlik bahsida “So'g'diyona”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Qizilqum” o'rtoqlik bahsida “So'g'diyona”ni mag'lub etdi

Teglar :  So'g'diyonaQizilqum
SHu kunlarda poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Unda konchilar Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda har ikkala jamoa murabbiylar shtabi bir qator yangi o'yinchilarni ham sinovdan o'tkazdi. SHiddatli va keskin kechgan bahsning birinchi bo'limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi - 0:0.

Tanaffusdan so'ng, navoiyliklar tarkibiga qo'shilgan bolqonlik Nemanya Yovanovich hisoni ochgan bo'lsa, o'yin tugashiga etti daqiqa qolganida Ilhom Yunusov “Qizilqum”ning g'alabasini mustahkamladi - 2:0.

Hakamlar hujjatidan ko'chirma:

“Qizilqum” (Navoiy) - “So'g'diyona” (Jizzax) - 2:0 (0:0).

Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 22 iyul.

Bosh hakam
: Baxtiyor Namozov (Toshkent).

Nazoratchi: Radik Serazitdinov (Toshkent).

Gollar: Nemanya Yovanovich (69), Ilhom Yunusov (83).

“QIZILQUM”:  Artyom Makosin, Georgiy Kveseishvili, Akmal Rustamov, Fayzulla Qambarov, Otabek Narzullaev, Erkin Boydullaev,  Eliyor Akbarov, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Vohid SHodiev, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Nemanya Yovanovich, SHerali Jo'raev, SHukur Jumaboev, Nodirxon Kamolov.

“SO'G'DIYONA”: Muzaffar Abdullaev, Qahramon Bahodirov, Murod Xolmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Sarvar Jo'raev, Sarvarjon Xolmatov, Muzaffar Muzaffarov, Rabbim Hasanov, Jamshid Hasanov, Alsalomu Azatov, Akmal Abdurahmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Temur G'aniev, Jahongir Jiyamurodov, Eliyor Oripov,  Sardor Eminov, Sanjar Rashidov, Mo'min Meliev, Dadajon Mamatqulov, Dilmurod Ikromov, Farruh SHotursunov, SHirinboy Abdullaev.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi davralar oralig'idagi tanaffusdan so'ng, ilk uchrashuvni  28 iyul kuni Toshkentda “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yin 13-turning kechiktirilgan uchrashuvi sanaladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика