So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

Qizilqum nazorat bahsida Neftchidan ustun keldi Yangiliklar

Qizilqum nazorat bahsida Neftchidan ustun keldi

Toshkent yig'inida o'yin amaliyotini shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilgan Qizilqum jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Navoiyliklarning navbatdagi raqibi Farg'onaning Neftchi futbolchilari bo'ldi.
 
Uchrashuv poytaxtimizdagi Oqtepa stadionida bo'lib o'tdi. O'yinni FIFA referisi toshkentlik Baxtiyor Namozov boshqarib bordi.
 
Nazorat bahsida farg'onaliklar ikki tarkibda to'p surishgan bo'lsa, Qizilqum jamoasi bosh murabbiy tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirmadi. Iloji boricha, bitta tarkibga maydonda ko'proq harakat qilishi uchun imkoniyat berdi.
 
Neftchiga qarshi o'yinda quyidagi futbolchilar maydonga chiqdilar:

 
Erkin Jabborov, Akmal Xoliqov, Asqar Muhiddinov, Mirjalol Qurbonov, Akmal Rustamov, G'ayrat Jumaev, SHerali Jo'raev, Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov, Ruslan Vagapov, Vladimir SHishelov.
 
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Alisher Xoliqov, Sarvarjon Xolmatov.
 
Hujumkor va keskin kurashlarga boy o'tgan o'yinda navoiyliklardan Eldor Boymatov hamda Vladimir SHishelov bir-biridan chiroyli gollarga mualliflik qildi. Farg'onaliklar raqiblarining ikki to'piga Zohid Abdullaevning yagona goli bilan javob qaytarishdi - 2:1.
 
Rejaga ko'ra, konchilar navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 15 fevral kuni Muborakning Mashal jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv poytaxtimizdagi Obod stadionida soat 14.45 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика