So’nggi yangiliklar

19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  0 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:54Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  18 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

“Qizilqum” nazorat bahsida “Aktobe”dan ustun keldi Yangiliklar

“Qizilqum” nazorat bahsida “Aktobe”dan ustun keldi

Bilasiz, ayni vaqtda xorijda ko'plab jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda.

Navoiyning “Qizilqum” klubi ham Turkiyaning Antaliya shahrida hozirlikni davom ettirmoqda. Hamidjon Aktamov boshchiligidagi jamoa azolari, kecha mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

Qozog'istonning “Aktobe” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda navoyiliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 17-daqiqada tajribali o'yinchi Alisher Sanoev hisobni ochgan bo'lsa, 35-daqiqada raqib futbolchisi Jasanov o'rtadagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim boshida Ruslan Margiev g'alaba to'pini kiritdi - 2:1.

Malumot o'rnida takidlash lozimki, tarkibda ayrim o'zgarishlar bor. Hususan, nikaragualik futbolchi Smit Medina yana sobiq jamoasiga qaytdi. Toshkentdagi yig'inda qatnashgan darvozabon Eduard Baychora va Yakuba Bombaga javob berib yuborildi. SHuningdek, “Dinamo”dan hujumchi Qadamboy Nurmetov taklif etilgan.

“Qizilqum” - "Aktobe" 2:1
Gollar:
Alisher Sanoev, Ruslan Margiev - Jasanov.
“Qizilqum”: 1.Ruslan Matniyazov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 13. Abdi Bashimov,8. Oleg Tolmasov, 17. Salim Mustafoev, 97. Arslan Ilyasov, 77. Ruslan Margiev, 10. Alisher Sanoev, 23. SHerali Jo'raev, 90. Sunnatilla Abdullajonov, 11. Qadamboy Nurmetov
Zaxira: 28. Artyom Makosin, 71. Nodir Kamolov, 9. Humoyun Abdualimov, 78. Xurshid Olimov, 86. Vohid SHodiev, 89. Doston Ibragimov, 25. Azizbek Usmonov, 14. Fayzullo Qambarov, 19. Mirjalol Qosimov


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика