So’nggi yangiliklar

18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  5 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  4

“Qizilqum” navbatdagi uchrashuvda “Navbahor”dan ustun keldi Yangiliklar

“Qizilqum” navbatdagi uchrashuvda “Navbahor”dan ustun keldi

Teglar :  Qizilqum
SHu kunlarda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Konchilarning bu galgi raqibi Namanganning “Navbahor” futbolchilari bo'ldi.

O'yinni Hamidjon Aktamov rahbarligidagi “Qizilqum” vakillari ko'tarinki ruhda boshladi. Garchi, bahsni navoiyliklar hujumkor ruhda boshlashgan bo'lsa-da, uchrashuvning 16-daqiqasida o'z jarima maydonchalari ichkarisida qoidani buzishdi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev ikkilanmasdan o'n bir metrli nuqtani ko'rsatdi. “Navbahor”ning ukrainalik legioneri Aleksandr Pishchurning bergan zarbasini darvozabon Erkin Jabborov bartaraf etdi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

SHundan so'ng, navoiyliklar bor etiborlarini hujumga qaratishdi. 20-daqiqada jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatilgan to'pni “Qizilqum” jamoasi hujumchisi Vyacheslav SHevchenko boshi bilan raqib darvozasiga yo'llab hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa murabbiylar shtabi tarkiblarda o'zgartishlarni amalga oshirganligiga qaramay, o'yin oxirigacha hisob boshqa o'zgarmadi va yakunda “Qizilqum” azolari “Navbahor”dan ustun keldilar.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

O'rtoqlik uchrashuvi

2016 yil 17 fevral

“Qizilqum” (Navoiy) - “Navbahor” (Namangan) - 1:0 (1:0).

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Ruslan Serazitdinov, Andrey Capenko.

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Georgiy Kvesieshvili, Azizbek Usmonov, Alisher Yusupov, Samandar SHodmonov, Andrey Derkach, Ilhom Yunusov, SHerali Jo'raev,  Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: G'ayrat Jumaev,Otabek Narzullaev, Nodirxon Kamolov, Sarvarjon Xolmatov, Fayzulla Qambarov.

“NAVBAHOR”: Alibek Turopov, Tohir SHamsiddinov, Igor Golban, Xayrullo Karimov, Aziz G'ulomxo'jaev, Viktor Karpenko, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Anvar Rajabov, Akrom Bahriddinov, Aleksandr Pishchur.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Arslonov, Qahramon Muhammadjonov, Obid Jo'raboev, Doniyor Usmonov, Nodir Mavlonov, Sardor Azimov.

Gol: Vyacheslav SHevchenko (20).

16-daqiqada Aleksandr Pishchur (“Navbahor”) penaltini amalga oshira olmadi.

CHetlatish: Xayrulla Karimov (79).

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Bungacha konchilar Toshkent yig'ini doirasida “So'g'diyona”ni 5:3, “Oqtepa”ni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 19 fevral kuni o'tkazadi. SHu kuni navoiyliklar Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan o'zaro kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика