So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

“Qizilqum” muxlislar klubi ishqibozlarni Qiziltepaga taklif etadi Yangiliklar

“Qizilqum” muxlislar klubi ishqibozlarni Qiziltepaga taklif etadi

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum oldidan oxirgi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Oliy liga vakili “Buxoro” futbolchilari bilan kechadigan mazkur o'rtoqlik o'yini har ikki jamoa kelishuvi bilan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “Do'stlik” stadionida 8 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 11.00 da boshlanadi.

Xabaringiz bor, o'tgan mavsumda o'z maydonidagi o'yinlarda eng ko'p tomoshabin to'plash borasida “Qizilqum” jamoasi peshqadamlik qildi. Navoiy shahrida o'tkazilgan o'n uch uchrashuvni bevosita stadionning o'zidan 158324 nafar muxlis kuzatib bordi. Bu o'tgan mavsumda oliy liga jamoalari o'rtasidagi eng yuqori ko'rsatkich sifatida etirof qilindi.

Jamoa muxlislar klubining bildirishicha, bu anana bu yil ham davom etadi. “Qizilqum” jamoasi rahbariyati va Muxlislar klubi tashabbusi bilan 8 mart kuni Qiziltepada o'tadigan o'yinda konchilarni qo'llab-quvvatlash istagida bo'lgan ishqibozlar uchun Navoiy shahridan maxsus avtobuslar tashkil etiladi. Avtobus 8 mart kuni soat 9.00 da Navoiy shahridagi “So'g'diyona” stadioni yonidan Qiziltepa tomon yo'lga chiqadi.

Murojaat uchun telefon - +998913333773.

 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика