“Qizilqum” legioner darvozabon o'rniga boshqa nomzod topdi
12 fev 2020 11:34
Yangiliklar


“Qizilqum” legioner darvozabon o'rniga boshqa nomzod topdi
Navoiyliklar rossiyalik darvozabon bilan xayrlashdi.
Bir necha yillardan buyon “Qizilqum” darvozasini qo'riqlab kelayotgan Evgeniy CHeremesin endi o'ziga yangi jamoa topadi. Bosh murabbiy Hamidjon Aktamov uning o'rniga Ruslan Matniyazovni taklif etdi. O'tgan mavsumni “Andijon” safida o'tkazgan 33 yoshli posbon yaqin “burgutlar” safida shug'ullanib kelayotgandi. Ammo u keyinchalik qarorini o'zgartirdi va “Qizilqum”dan tushgan taklifni qabul qildi. Yaqin orada Matniyazov yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar