So’nggi yangiliklar

01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12

"Qizilqum" katta o'zgarishlar ostonasida Yangiliklar

"Qizilqum" katta o'zgarishlar ostonasida

Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi katta o'zgarishlar ostonasida turibdi.
Yig'inni Toshkent viloyatining Qiziltog' shaharchasida olib borgan jamoa kecha “Navbahor” bilan o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi (0:0).

Aytish kerakki, mazkur o'yinda, “Qizilqum” safida ko'plab yangi futbolchilar harakat qildi. Aniqrog'i, birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Navoiyning “Zarafshon-PFK” jamoasida shug'ullanayotgan 10dan ortiq futbolchilar “Qizilqum” yig'iniga yoppasiga ko'chib o'tishdi. Buni birinchi bo'limda harakat qilgan o'yinchilar tarkibidan ham bilib olishingiz mumkin.

Birinchi bo'limda to'p surgan futbolchilar: Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Aziz Usmonov, Akmal Rustamov, Zafar To'raev, Bobur Iskandarov, SHerzod Fayzullaev, Jamshid SHoxnazarov, Ruslan Sanaev, Hurshid Yuldashev, Jalil Kimsanov.
Ikkinchi bo'limda to'p surgan futbochilar: Erkin Jabborov, Farruh Haydarov, Jalil Kimsanov (Sunnatillo Toshpo'latov), Fayzulla Qambarov, Dauren Eshboev, Isroil Ergashev, Sarvar Xolmatov, Eldor Boymatov, Sobir Usmonxo'jaev, Navro'z Alimov.

Mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar o'zaro durangga imzo cheqdi.

Darvoqe, yuqorida aytib o'tganimizdek, “Qizilqum” katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Xususan bosh murabbiy Rustam Zabirovning kelgusi taqdiri ham so'roq ostida. Sababi katta extimol bilan klub murabbiylar shtabi yangilanadigan bo'lib turibdi. Lekin bu hozircha klub rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlanmadi. Olingan malumotlarga qaraganda, bugun-erta rahbariyat qarorini aytadi.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика