So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Qizilqum" ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Qizilqum" ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi FOTOGALEREYA

SHu kunlarda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
22 fevral kuni Sidedagi "Emirhan"  sport majmuida o'tgan uchrashuvda Ukraina premer ligasi vakili "Karpati" (Lvov) yoshlari konchilar raqibi bo'ldi.

O'yinda navoiyliklar bosh murabbiyi Yuriy Lukin ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Dastlabki bo'limda "Qizilqum" jamoasi murabbiylar shtabi asosan yoshlarga etibor qaratdi. Jumladan, konchilar tarkibida Nodirjon SHaxobiddinov, Bobir Mamirov, Bobirjon Iskandarov singari umidli futbolchilar boshlang'ich tarkibda o'z mahoratini namoyish etdilar. Uchrashuvning ilk daqiqalaridan boshlab konchilar tashabbusni qo'lga olishdi. Garchi, birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa-da, "Qizilqum" vakillarida golga tortadigan o'nga yaqin vaziyat yuzaga keldi. Aksariyat vaziyatlarda  lvovliklar darvozaboni mahorat ko'rsatgan bo'lsa, ayrimlarida konchilarga aniqlik etishmadi.

Tanaffusdan so'ng, Yuriy Lukin o'z jamoasining barcha etakchi o'yinchilariga imkoniyat berdi. Bu esa o'z samarasini uzoq kuttirmadi. 47-daqiqada iqtidorli hujumchi Bahriddin Vahobov darvozadan chamasi 20 metrlar olisdan kuchli zarba bilan  "Karpati" posbonini chiroyli tarzda dog'da qoldirdi. Oradan etti daqiqa o'tar-o'tmasdan navoiyliklar hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdilar. Bu gal ham Bahriddin Vahobovning faolligi konchilarning ikkinchi goli raqib darvozasidan joy olishiga xizmat qildi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida lvovliklar o'z jarima maydonchasi ichida Alisher Sanoevga nisbatan o'yin qoidasini buzdilar. Turkiyalik referi esa ikkilanmasdan o'n bir metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ammo hujumchi Alisher Xoliqovning bergan zarbasini "Karpati" darvozaboni osonlik bilan ushlab oldi va darvozasini goldan qutqarib qoldi.

Oradan etti daqiqa o'tgach, aynan Alisher Xoliqovning pasidan so'ng, "Qizilqum"ning ukrainalik legioneri Vyacheslav SHevchenko darvozani ishg'ol etdi - 3:0.

O'yinning qolgan daqiqalarida maydonda ustunlik konchilar tomonida bo'lgan bo'lsa-da, uchrashuv oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.

Uchrashuvdan FOTOGALEREYA

 HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Nazorat uchrashuvi
2015 yil 22 fevral
"Qizilqum" (Navoiy, O'zbekiston) - "Karpati" (Lvov, Ukraina) - 3:0 (2:0).
Antaliya, Side. "Emirhon"sport majmuasi.
Hakamlar
: Isa Kash, Dovud Zeytin, Ali Otaturk (barchasi - Turkiya).
Gollar: Bahriddin Vahobov (47, 50), Vyacheslav SHevchenko (79).
"QIZILQUM": Artyom Makosin, Ruslan Sanaev (Asqarjon Muhiddinov, 46), Bobirjon Iskandarov (Fayzulla Qambarov, 46), G'ayrat Jumaev (Akmal Rustamov, 46), Sarvarjon Xolmatov (Mirjalol Qurbonov, 46), Jamshid SHohnazarov  (Alisher Sanoev, 46), Feruz Boboqulov (Andrey Derkach, 46), Nodirjon SHaxobiddinov (Azizbek Usmonov, 46), Xurshidjon Yo'ldoshev (Bahriddin Vahobov, 46), Bobir Mamirov (Vyacheslav SHevchenko, 46), Alisher Azizov (Alisher Xoliqov, 46).
"KARPATI": Oleg Steckov (Vitaliy Danilov, 46), Nazariy Vidarik, Dmitriy Sautin (Orest Lebedenko, 46), Igor Bogan, Vitaliy Mitikin (Artyom Xocyanovskiy, 60), Andrey Yakimiv, Vladimir Gladkiy (Sergey Valenko, 55), Roman Lebed, Igor Karpenko, Andrey Busko, Oleksandr Oleynik.
Amalga oshirilmagan penalti: Alisher Xoliqov (72).

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini 23 fevral kuni o'tkazadi. Unda konchilar Qozog'iston super ligasi vakili "Qaysar" futbolchilari bilan kuch sinashadi. O'yin Belekda Turkiya vaqti bilan soat 17.30 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика