"Qizilqum" futbolchilari normativ test topshirishdi
24 jan 2020 12:08
Yangiliklar


"Qizilqum" futbolchilari normativ test topshirishdi
Navoiyning "Qizilqum" futbol klubi O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlaridan o'tishdi.
Superliganing yangi mavsumiga hozirlik ko'rayotgan "qoplonlar" bugun “CHig'atoy” sport bazasida test-sinovlarini topshirishdi.
Testni O'FAning Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimlari Sobirjon Pirnazarov hamda Oybek Ikromov qabul qilishdi. Futbolchilar 30 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish, Yo-Yo test sinovlari bo'yicha normativlar topshirishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar