So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

“Qizilqum”. Faxriylar doimo ezozda Yangiliklar

“Qizilqum”. Faxriylar doimo ezozda

10 iyun kuni “Qizilqum” PFK tashabbusi bilan Navoiy shahrida futbol faxriylari o'rtasida mini futbol turniri uyushtirildi.
“Qizilqum” PFK qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi o'yingohida tashkil etilgan musobaqada “Qizilqum” (faxriylar), “Kimyogar” (NavoiyAzot), “3-avtobaza” hamda mezbonlarning “Qizilqum-BO'FM” jamoalari g'oliblik uchun maydonga tushdilar.

CHinakam sport bayrami tusini olgan musobaqada bosh sovrin “Qizilqum” PFK vakillariga nasib etdi. Faxrli ikkinchi va uchinchi o'rinlarni “Kimyogar” va “3-avtobaza” jamoalari egalladi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga maxsus diplom va sovrinlar topshirildi.

Etiborlisi, musobaqa tashkilotchilar tomonidan “Keksalarni ezozlash yili” munosabati bilan turli yillarda Navoiy futboli taraqqiyotiga o'z hissalarini qo'shgan yigirma nafardan ziyod faxriylarga maxsus qimmatbaho sovg'alar taqdim etdi.

-Ajoyib tadbirni tashkil qilgani uchun “Qizilqum” PFK mamuriyatiuf o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi futbol faxriysi Pavel Arxipov. - Turnir bahonasida anchadan beri ko'rishmay yurgan hamkasblar va boshqa do'stlar bilan yana diydorlashdik. O'z vaqtida birga to'p tepgan, birgalikda faoliyat ko'rsatgan marhum do'stlarimizni esladik. Muhimi, etibordan boshimiz ko'kka etdi.

Tadbir yakunida turnir qatnashchilari va faxriylar o'ziga xos bayram dasturxoniga taklif qilindilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика