So’nggi yangiliklar

13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  0 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   0 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   0 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  4 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  1 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5

“Qizilqum” Farg'onada “Neftchi-2”dan ustun keldi Yangiliklar

“Qizilqum” Farg'onada “Neftchi-2”dan ustun keldi

Ayni paytda “Qizilqum” jamoasi Farg'onada ananaviy “Hokim kubogi” turnirida ishtirok etmoqda.

Yangi mavsum oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi mazkur musobaqada Hamidjon Aktamov rahbarligidagi murabbiylar shtabi uchrashuvlarda jamoa o'yin uslubini shakllantirishga alohida etibor qaratishyapti.

Musobaqaning “V” guruhidan joy olgan navoiyliklar ilk turda Quvasoyning “Cementchi” futbolchilari bilan durang o'ynashgandi - 0:0.

Ikkinchi uchrashuvda konchilar mezbonlarning “Neftchi - 2” jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda “Qizilqum” futbolchilari katta ustunlik va tashabbusga ega bo'lishdi. Dastlab o'yinning 14-daqiqasida Bahriddin Vahobov hisobni ochgan bo'lsa, 32-daqiqada farg'onaliklar penaltidan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Oradan etti daqiqa o'tib, navoiyliklar hujumchisi Bahriddin Vahobov to'p bilan jarima maydonchasiga yorib kirdi. Ammo himoyachi unga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik qildi. Natijada belgilangan 11 metrlik jarima to'pini Ilhom Yunusov darvoza to'riga bexato joylab qo'ydi - 2:1.

Tanaffusdan so'ng ham konchilar hujumkorlikni susaytirishmadi. Ayniqsa, maydonda ukrainalik legioner Vyacheslav SHevchenko o'z faolligi bilan ajralib turdi. U uch bor yuz foizli golli vaziyatdan unumli foydalan olmagani bilan ko'pchilikning esida qoldi. Slava dastlabki turda ham bir qator qulay vaziyatlardan samarali foydalana bilmagandi.

O'yinning ikkinchi yarmi shiddatli va hujumkor ruhda kechgan bo'lsa-da, darvozalar boshqa ishg'ol etilmadi.

Hakamlar hujjatidan ko'chirma:

Hokim kubogi

“V” guruhi. 2-tur

2016 yil 30 yanvar

“Qizilqum” (Navoiy) - “Neftchi-2” (Farg'ona) - 2:1 (2:1).

 “QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Georgiy Kvesieshvili, Fayzulla Qambarov, Alisher Yusupov, G'ayrat Jumaev, Samandar SHodmonov, SHerali Jo'raev, Otabek Narzullaev, Ilhom Yunusov, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Andrey Derkach, Boburjon Iskandarov, Bekzod G'anijonov.

“Neftchi-2”:  Abror Karimov, Otabek Muhammadjonov, Azam Xolmatov, Husniddin G'ofurov, Husan G'aniev, Anvar Aminjonov, Mirjamol Nematov, Sarvar Abdullaev, Elomon Karimov, Abdurahmon Abdulhaqov, Bobur Farhodov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid Asqaraliev, Abror Ismoilov, Islom Toshpo'latov, Abduqodir Ortiqov, Mo'min Mamurjonov, Jamshid Hoshimov.

Gollar: Bahriddin Vahobov (14), Otabek Muhammadjonov (32-pen.), Ilhom Yunusov (39-pen.).

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi navbatdagi uchrashuvni 1 fevral kuni o'tkazadi. SHu kuni konchilar “FarDU-Futbol-info” (Farg'ona) vakillari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv “Istiqlol” sport majmuasi suniy maydonida soat 11.00 da boshlanadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика