"Qizilqum": "Ertaga "Olmaliq" bilan o'yin"
04 fev 2014 22:26
Yangiliklar

"Qizilqum": "Ertaga "Olmaliq" bilan o'yin"
Yangi mavsumga dastlabki tayyorgarlik bosqichlarini olib borgan Qizilqum jamoasi azolari 4 fevraldan o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda davom ettirmoqda.
Rejaga ko'ra, konchilar uchun mazkur yig'in hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Navoiyda o'tgan dastlabki yig'inlarda ko'proq futbolchilarning jismoniy tiklanishiga etibor qaratilgandi. Toshkentda esa bosh murabbiy Yuriy Lukin jamoa tarkibi va o'yin amaliyotini shakllantirishni ko'zlagan.
SHu bois, navoiyliklar poytaxtda o'tadigan yig'in davomida bir qator sinov-nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Jumladan, Qizilqum futbolchilari ilk o'rtoqlik o'yinini 5 fevral kuni Olmaliq jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv soat 11.00 da suniy qoplamali CHilonzor futbol maydonida boshlanadi.
SHuningdek, konchilar 7 fevral kuni Buxoro, 9 fevralda esa Oq-tepa vakillari bilan kuch sinashadi.
Qizilqum futbol klubi rahbariyatining bildirishicha, mazkur yig'inda bir qator legioner va yangi o'yinchilar murabbiylar ko'rigidan o'tishi ko'zda tutilgan.

Fikrlar