So’nggi yangiliklar

20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  0 19:40Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" (матнли трансляция)  7 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  7 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  8 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  2 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  2 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  1

"Qizilqum": Antaliyada mashg'ulotlar davom etmoqda FOTOGALEREYA Yangiliklar

"Qizilqum": Antaliyada mashg'ulotlar davom etmoqda FOTOGALEREYA

21 fevralda mashg'ulotlar Sidening "Emirhon palas" mehmonxonasi sport majmuasida ikki mahal mashg'ulotlar uyushtirildi.
Kunning birinchi yarmida "Rostov" jamoasiga qarshi o'ynagan futbolchilar engil chigalyozdi mashg'ulotlari bilan kifoyalanishgan bo'lsa, qolganlar belgilangan tartibda navbatdagi o'yinga hozirlik ko'rdilar.

Kechki mashg'ulotlarda barcha birdek ter to'kdi. Bosh murabbiy etakchi futbolchilarga alohida yuklamalar berdi. Ikki soatga yaqin davom etgan mashg'ulotlarda hamma futbolchilar astoydil ishladilar.

Kechqurun esa Orange palas mehmonxonasida jamoa azolari nazariy mashg'ulotlarda qatnashdi. Jumladan, unda "Rostov"ga qarshi kechgan o'yin tahlil etilib, yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha murabbiylar o'z ko'rsatmalarini berishdi.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini 22 fevralda o'tkazadi. Unda konchilar Ukraina premer ligasi vakili Lvovning "Karpati" yoshlari bilan kuch sinashadi. O'yin Sidedagi "Emirhon palas"  sport majmuida Toshkent vaqti bilan soat 18.30 da boshlanadi.

"Qizilqum" futbol klubi Matbuot xizmati mazkur o'yinni onlayn translyaciya qilishga harakat qiladi.

O'rtoqlik uchrashuvi. "Rostov" (Rossiya) - "Qizilqum" (O'zbekiston) FOTOGALEREYA
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика