"Qizilqum": Antaliyada mashg'ulotlar davom etmoqda FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
22 fev 2015, 11:48
21 fevralda mashg'ulotlar Sidening "Emirhon palas" mehmonxonasi sport majmuasida ikki mahal mashg'ulotlar uyushtirildi.
Kunning birinchi yarmida "Rostov" jamoasiga qarshi o'ynagan futbolchilar engil chigalyozdi mashg'ulotlari bilan kifoyalanishgan bo'lsa, qolganlar belgilangan tartibda navbatdagi o'yinga hozirlik ko'rdilar.

Kechki mashg'ulotlarda barcha birdek ter to'kdi. Bosh murabbiy yetakchi futbolchilarga alohida yuklamalar berdi. Ikki soatga yaqin davom etgan mashg'ulotlarda hamma futbolchilar astoydil ishladilar.

Kechqurun esa Orange palas mehmonxonasida jamoa a'zolari nazariy mashg'ulotlarda qatnashdi. Jumladan, unda "Rostov"ga qarshi kechgan o'yin tahlil etilib, yo'l qo'yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha murabbiylar o'z ko'rsatmalarini berishdi.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini 22 fevralda o'tkazadi. Unda konchilar Ukraina premer ligasi vakili Lvovning "Karpati" yoshlari bilan kuch sinashadi. O'yin Sidedagi "Emirhon palas"  sport majmuida Toshkent vaqti bilan soat 18.30 da boshlanadi.

"Qizilqum" futbol klubi Matbuot xizmati mazkur o'yinni onlayn translyatsiya qilishga harakat qiladi.

O'rtoqlik uchrashuvi. "Rostov" (Rossiya) - "Qizilqum" (O'zbekiston) FOTOGALEREYA

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz