So’nggi yangiliklar

08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11

"Qizilqum" 11 iyunni kutadimi? Yangiliklar

"Qizilqum" 11 iyunni kutadimi?

Teglar :  QizilqumSuperliga
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi kecha yana o'z maydonida mag'lub bo'ldi.

Hamidjon Aktamov shogirdlari uyda turnir jadvali peshqadami "Bunyodkor"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. SHu tariqa "Qizilqum" o'z maydonida kechgan qatorasiga to'rtta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. 

Aytish mumkinki, bunaqasi tarixda birinchi marta ro'y berdi. CHunki bungacha "Qizilqum" aslo uydagi birinchi to'rtta o'yinda ketma-ket mag'lub bo'lmagan ekan. Jamoa qatorasiga uchta mag'lubiyatdan keyin bosh murabbiy Hamidjon Aktamovning istefo bergani haqida xabar chiqqandi. Ammo keyinchalik bu xabar rad etildi va Aktamov o'z lavozimida ishlashda davom etayotgani malum qilindi. 

SHundan so'ng "Qizilqum" safarda "So'g'diyona"ni 3:1 hisobida engib qaytdi. Uchrashuvda gruziyalik hujumchi Elguja Grigalashvili raqib darvozasini uch bor ishg'ol qilib, Superligada ilk xet-trik muallifiga aylandi. Kayfiyat chog' bo'ldi, go'yoki hammasi joyiga tushgandek edi. Ammo kecha yana mag'lubiyat yuz berdi. Bu mag'lubiyatdan keyin murabbiy yana istefo haqida o'ylab ko'rdimi, buni bilmaymiz. Har holda hozircha bu borada hech qanday gap yo'q. 

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, "Qizilqum" bungacha hech qachon uyda ketma-ket to'rt marta yutqazmagan ekan. Hatto 2007 yil jamoa qatorasiga to'rtta o'yinda g'alaba qozongan: "Samarqand", "Buxoro", "To'palang" va "Nasaf" ustidan. Bu yil o'sha rekordning g'irt teskarisi kuzatildi. Jamoa o'z uyida "Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "Nasaf" va "Bunyodkor"ga yutqazib qo'ydi. Va eng qizig'i, navoiyliklar uydagi bahslarda atigi bitta gol ura olishdi. 

Quyida 2000 yildan beri oliy ligada uzluksiz ishtirok etib kelayotgan "Qizilqum"ning o'z maydonidagi birinchi to'rtta uchrashuvda qayd etgan natijalari hamda raqiblar ketma-ketligini keltirib o'tamiz. 

Izoh: G' - g'alaba, M - mag'lubiyat, D - durang

2000 y. MG'MG'
Raqiblar ketma-ketligi: "Navbahor", "Temiryo'lchi", "Neftchi", "Andijon"

2001 y. G'G'G'D
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Turon", "Zarafshon", "So'g'diyona", "Samarqand"

2002 y. G'G'G'M
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Temiryo'lchi", "Nasaf", "Surxon", "Metallurg"

2003 y. G'MG'G'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Traktor", "Neftchi", "Andijon", "Nasaf"

2004 y. G'DG'M
Raqiblar ketma-ketligi: "Surxon", "Lokomotiv", "Andijon", "Buxoro"

2005 y. MDG'G'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Mashal", "Lokomotiv", "Metallurg", "To'palang"

2006 y. DG'MM
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Mashal", "Samarqand", "Neftchi", "To'palang"

2007 y. G'G'G'G'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Samarqand", "Buxoro", "To'palang", "Nasaf"

2008 y. DDMG'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Mashal", "Navbahor", "Quruvchi", OTMK

2009 y. G'DMG'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Neftchi", "Mashal", "Olmaliq", "Buxoro"

2010 y. MMG'G'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Metallurg", "Lokomotiv", "Neftchi", "Navbahor"

2011 y. MDDM
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Nasaf", "Buxoro", "Navbahor", "Bunyodkor"

2012 y. DG'DG'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Bunyodkor", "Buxoro", "Dinamo", "Neftchi"

2013 y. MMMG'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Guliston", "Bunyodkor", "Navbahor", "Neftchi"

2014 y. G'DG'D
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Andijon", "Mashal", "Dinamo", "Buxoro"

2015 y. G'MMG'
Raqiblar ketma-ketligi: 
"So'g'diyona", "Bunyodkor", "Paxtakor", "Andijon"

2016 y. G'G'DM
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Mashal", "Olmaliq", "Paxtakor", "Buxoro"

2017 y. G'MDD
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Navbahor", "Buxoro", "So'g'diyona", "Nasaf"

2018 y. MMMM
Raqiblar ketma-ketligi: 
"Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Bunyodkor"

"Qizilqum"ni buyog'iga yanada qiyin o'yinlar kutib turibdi. Jamoa keyingi turda "Paxtakor" mehmoni bo'lsa, so'ngra o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi. "Qizilqum" ayniqsa uyda "Neftchi" bilan qattiq "jang" qilsa kerak. Lekin kechagi o'yin bo'yicha qarasak, jamoaga yuqori ishtiyoq etishmayapti. Xuddi tushdan keyin kechki payt charchab uxlab qolsangiz, uyg'ongandan so'ng bosh og'rib qoladi-yu, shunga o'xshaydi.

"Qizilqum"ning Superligada navbatdagi beshta o'yini:
6-tur. "Paxtakor" - "Qizilqum"
7-tur. "Qizilqum" - "Neftchi"
8-tur. "Buxoro" - "Qizilqum"
9-tur. "Qizilqum" - AGMK
10-tur. "Qizilqum" - "Metallurg"

Ana endi sarlavhaga keladigan bo'lsak, "Qizilqum" bungacha "So'g'diyona"ni ishonch bilan yutdi. Jamoaning o'zi ham maza qilib futbol o'ynadi. Taqvimga qarasak, Navoiyda bo'ladigan "Qizilqum" - "So'g'diyona" bahsi 11 iyun kuni bo'lib o'tar ekan. SHunday ekan, "Qizilqum" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini nishonlash uchun 11 iyunni kutadimi yo ungacha yana kimnidir yutadimi? Albatta, buni vaqt ko'rsatadi.

X.Xoliqov.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика