"Qizilqum" 10 oy davom etgan g'alabasiz seriyasiga barham berdi
18 avg 2020 18:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587501_original.jpg)
![](/upload/storage/587501_220.jpg)
"Qizilqum" 10 oy davom etgan g'alabasiz seriyasiga barham berdi
Coca Cola Superliganing 10-turida "Qizilqum" "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa Navoiy klubining 10 oy davom etgan g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. "Qizilqum" Superligada so'nggi bor 2019 yilning 18 oktyabr sanasida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etgandi. SHundan keyin 13ta uchrashuvda "Qizilqum" g'alaba qozona olmagandi.
"Qizilqum"ning g'alabasiz seriyasi:
2019 yil
23-tur "Metallurg" 1:1
24-tur "Buxoro" 1:1
25-tur AGMK 1:4
26-tur "Andijon" 0:1
2020 yil
1-tur "Nasaf" 1:3
2-tur "Surxon" 1:2
3-tur "Mashal" 1:1
4-tur AGMK 0:1
5-tur "Qo'qon-1912" 0:4
6-tur "Paxtakor" 0:2
7-tur "Lokomotiv" 0:3
8-tur "Andijon" 1:1
9-tur "Navbahor" 0:1
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar