So’nggi yangiliklar

23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  36 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  8 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  39 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  93 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1

"Qizil-qora" sulola asoschisi yoxud CHezare Maldini haqida Yangiliklar

"Qizil-qora" sulola asoschisi yoxud CHezare Maldini haqida

3 aprel kuni italiyalik mashhur futbolchi, murabbiy, ota va bobo CHezare Maldini vafot etdi.

Italiyaning sharqida, shundoqqina Sloveniya bilan chegara yonginasida tug'ilgan CHezare Maldini 1954 yil Milan shahriga ko'chib o'tgandi. "Triestina"  klubi safida Italiya A seriyasida bir mavsum o'ynagan oddiygina futbolchi "rossonerlar" qiziqishlari doirasiga kirib qolgandi. SHundan so'ng nafaqat CHezare Maldini, balki uning oilasi "Milan"ga 60 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda.

Buyuk futbol sulolasi asoschisi "San Siro"da 12 yil o'ynadi. Bu davr mobaynida u 412ta o'yin o'tkazdi. Bu borada klub safida o'yin o'tkazish bo'yicha 10-o'rinda bormoqda. Birinchi o'rin CHezarening o'g'li Paologa tegishli – 902 o'yin.



"Milan" safida CHezare Maldini 4ta skudetto va bir bor Evropa chempionlar kubogini yutgan. 26 yildan so'ng xuddi shu sovrinni Paolo boshi uzra ko'tardi.

"Torino"da faoliyatini yakunlagan CHezare Maldini bir necha yilni oilasiga bag'ishladi. 1968 yilda uning katta farzandi tug'ildi. Ungacha uch nafar qizning otasi edi. Keyinroq Paoloning ikkita ukasi ham tug'ildi, biroq futbol sulolasini davom ettirish aynan katta o'g'il gardaniga tushdi. Qobiliyat, otasining xarakteri aynan Paologa o'tgandi. CHezare katta o'g'li bilan vaqtini ko'proq birga o'tkazardi. Ota o'g'ilga ham klubda, ham terma jamoada murabbiylik qilgan.



Italiya yoshlar terma jamoasini 10 yil davomida boshqargan CHezare uch marta ketma-ket 1992-1996 yillarda Evro U21 da chempion bo'lgan. SHu tariqa katta Maldini o'smirlardan keyinchalik Italiya futboliga katta foyda keltirgan talantlarni kashf qilgan. 2006 yil Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan deyarli barcha futbolchilar Buffondan boshlab Tottigacha CHezarening qo'lida tarbiya topishgan. Biroq Italiya milliy terma jamoasi boshqaruvida CHezare eski uslublari tufayli keskin tanqidlarga uchragan. Biroq chorak finalda bo'lajak Jahon chempioni Franciyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lish u qadar yomon natija emas edi. Keyinroq katta Maldini 2002 yilgi mundialda ham ishladi. Murabbiy Paragvay terma jamoasini guruhdan keyingi bosqichga olib chiqqandi. Nimchorak finalda bo'lajak finalchi Germaniyaga kichik hisobda imkoniyat boy berilgandi.



2002 yilda murabbiylik faoliyatini tugatgach "Milan" klubi skauti sifatida ish boshladi. Nevaralari Kristian va Daniel klub futbolkasini ilk bor kiyganini o'z ko'zi bilan ko'rishga muvaffaq bo'lgan. Kristian ayni paytda 19 yoshda u "Milan" yoshlar jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Afsuski uning asosiy jamoadagi debyutini endi bobo ko'ra olmaydi. Kristian yoki Daniel klubda Maldinilar sulolasi uchun band qilib qo'yilgan 3-raqamga ega bo'lishsa bundan CHezare albatta xursand bo'lgan bo'lardi. "Qizil-qora" sulola asoschisi "Milan" tiffozilari CHezare nomini doim hayajon va muhabbat bilan tilga olishlari uchun barcha ishni qilib ketdi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика