So’nggi yangiliklar

00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  0 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  4 23:46Криштиану Роналду: "Мен барча даврларнинг энг зўр ўйинчисиман"  39 23:24Расман: Альфонсо Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтирди  4 22:57Элит ОЧЛ. "Пахтакор" Қатарда бирорта аниқ зарба бермай ютқазди  193 22:45МЮ Винисиус учун курашга қўшилди  4 22:19"Ал Ҳилол" — "Персеполис". Таркиблар маълум  5 21:58"Тоттенхэм" "Бавария" ўйинчисининг ижараси учун 10 млн евро тўлайди ва уни ёзда 60 млн еврога сотиб олиши мумкин бўлади  1 21:31Виллиан АПЛ клубига эркин агент мақомида ўтади  0 21:13Мбаппе ва Беллингем Кубок доирасида "Леганес" билан ўйнамайди. "Реал" ўйинчиларга "Атлетико" ва "Ман Сити" билан ўйинлар олдидан таътил берди  17 20:58Назорат ўйини. "Сурхон" ва Россиянинг "Рубин" жамоалари ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  8 20:41Расман: "Милан" Феликсни "Челси"дан мавсум сўнггига қадар ижарага олди  5 20:35Назорат ўйини. "Навбаҳор" Дубайда Арманистон жамоасига мағлуб бўлди  20 19:57МЮ энг яхши ҳужумчисини қўйиб юборди – уларнинг ҳужуми "Чемпионшип" даражасида. Зиркзе клубга муносиб эмас, Гарначо ҳам яхши ҳолатда эмас, Хойлунд – тўпурармас"  5 19:21U-17 Осиё кубоги учрашувларини қабул қилувчи стадионлар маълум  0

Qizil kartochkani ko'rmagan buyuk himoyachi va maestro futboldan ketdi... Yangiliklar

Qizil kartochkani ko'rmagan buyuk himoyachi va maestro futboldan ketdi...

Bugun Germaniya chempionatining oxirgi tur o'yinida ikki afsona o'z butsalarini mixga ildi.


Germaniya chempionligini muddatidan avval rasmiylashtirgan "Bavariya" o'z uyida "Frayburg"ni mehmon qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi. Aynan shu uchrashuvdan keyin "Bavariya" futbolchilariga oltin medal va bosh sovrin Bundesliga "lagani" topshirildi.

Myunxendagi o'yinning yana bir va eng muhim ahamiyatga ega tarafi shunda bo'ldiki, bugun "Bavariya"ning uch futbolchisi Filipp Lam, Xabi Alonso hamda Tom SHtarke faoliyatlaridagi so'nggi o'yinni o'tkazishdi.
Bu uchala futbolchilar uchun "Frayburg"ga qarshi bahs xayrlashuv uchrashuvi bo'ldi.

"Alyanc Arena" bugun ikki futbol afsonasi, Jahon chempionlari Filipp Lam hamda Xabi Alonso bilan ko'tarinki ruhda xayrlashdi.
Lam va Alonso Germaniya chempionligi bilan o'zlarining futbolchilik faoliyatlariga nuqta qo'yishdi.
SHuningdek, ular qatorida "Bavariya"ga 2012 yilda kelib qo'shilgan tajribali darvozabon Tom SHtarke ham o'z "qo'lqop"ini jovonga qo'ydi.

Tom SHtarke besh yil mobaynida "Bavariya"da Noyerga zaxira sifatida faoliyat ko'rsatdi va o'z muzeyini 9ta sovrin bilan to'ldirishga muvaffaq bo'ldi.

Filipp Lam haqida doston yozsa bo'ladi. Ushbu afsonaviy himoyachi faoliyati davomida jami 668 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg'ol etgan.
Lam "Bavariya"ning afsonaviy futbolchilari Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer, Karlom-Xaync Rummenigge, Uli Xyoness, Lotar Matteus, Jovanni Elber, Mexmet SHoll va Oliver Kan qatorida tilga olinadi.

Eng qizig'i, Filipp Lam faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan himoyachi sanaladi. Bu albatta tahsinga loyiq. Lam maydonda yuksak madaniyat bilan o'ynaydigan sanoqli himoyachilardan biri.

Lam o'ynagan jamoalar: "SHtutgart" (2003-2005), "Bavariya" (2001-2017)
Germaniya terma jamoasi: 2004-2014

Erishgan yutuqlari:
Germaniya chempioni (8): 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
Germaniya kubogi sohibi (6): 2006, 2008, 2010, 2013, 2014, 2016
Germaniya ligasi kubogi: 2007
Germaniya Superkubogi (2): 2010, 2012
UEFA Superkubogi sohibi: 2013
UEFA CHempionlar ligasi sohibi: 2012/13
Klublar o'rtasida Jahon chempioni: 2013
Jahon chempioni: 2014



Xabi Alonso deganda albatta avvalo "Liverpul" hamda "Real"da yorqin futbol ko'rsatgan ajoyib maestro hayolga keladi.
Dastlab "Liverpul" "Milan"ga qarshi fantastik o'tgan finalda g'alaba qozongan va ECHL sohibiga aylangan Alonso, keyinchalik bu ishni "Real" bilan ham uddalagandi. Ispaniya terma jamoasi bilan ikki karra Evropa chempioni hamda Jahon chempionligiga erishgan Alonso faoliyatini "Bavariya" yakunlamoqda. Alonso "Bavariya" bilan evrokuboklarda g'olib chiqa olmadi. Lekin shunga qaramay Alonso "Bavariya"dagi faoliyati davomida uch karra Bundesliga g'olibi, bir marta Germaniya kubogi va Germaniya Superkubogi sohibiga aylandi.

"Liverpul", "Real" va Ispaniya terma jamoasi muxlislarining yoqimtoy futbolchisi uchun "Frayburg"ga qarshi uchrashuv faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi.

Alonso faoliyati davomida 688ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 44 bor nishonga olgan.

O'ynagan jamoalar:
"Real Sosedad" (1999-04), "Eybar" (2000-01), "Liverpul" (2004-2009), "Real" (2009-2014), "Bavariya" (2014-2017)

Erishgan yutuqlari:
Angliya Kubogi: 2005/06
UEFA CHempionlar ligasi: 2004/05, 2013/14
Angliya Superkubogi: 2006
UEFA Superkubogi: 2005, 2014
Ispaniya chempioni: 2011/12
Ispaniya kubogi (2): 2010/11, 2013/14
Ispaniya Superkubogi: 2012
Germaniya chempioni (2): 2014/15, 2015/2016
Germaniya kubogi (1) : 2015/16
Germaniya Superkubogi (1) : 2016
Evropa chempioni (2): 2008, 2012
Jahon chempioni: 2010



Professional faoliyatini "Bayer"da boshlagan Tom SHtarke "Gamburg", "Paderborn", "Duysburg", "Xoffenxaym" hamda "Bavariya" jamoalarida o'ynadi. 2012 yili Germaniyaning eng sovrindor jamoasiga o'tgan kiper faoliyatining oxirgi 5 yilligida bir qator sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Erishgan yutuqlari:
Germaniya chempioni (5): 2012/13, 2013/14, 2014/15, 2015/2016, 2016/2017
Germaniya kubogi sohibi (3): 2013, 2014, 2015/16
UEFA CHempionlar ligasi g'olibi (1): 2012/13
UEFA Superkubogi (1): 2013
Klublar o'rtasida Jahon chempioni (1): 2013


Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика