So’nggi yangiliklar

09:48«Ньюкасл» Ҳусановни иккинчи марта қўлдан чиқардими?  2 09:20«Ман Сити»нинг асосий ҳимоячи Гвардиолага жамоадан кетишни истаётганини маълум қилди  3 08:50Россиялик машҳур мураббий: «Ҳусановнинг «Манчестер Сити»га трансфери мени ҳайрон қолдирди»  22 08:16«Пахтакор» «Бунёдкор» футболчисини қанчага сотиб олгани маълум  5 07:47А Серия. "Милан" "Кальяри"ʼни ўз уйида юта олмади, "Ювентус" дербида дуранг ўйнади ва бошқа натижалар  8 01:41Бундеслига. Кейннинг голи "Бавария"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  1 01:37Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса Шукуров жамоасини енга олмади  2 00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  46 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  18 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1

"Qizil iblislar"ning qaysi futbolchilaridan qo'rqishimiz kerak? Yangiliklar

"Qizil iblislar"ning qaysi futbolchilaridan qo'rqishimiz kerak?

O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 saralash bosqichidagi navbatdagi raqibi Janubiy Koreya safida bir qator yuqori darajadagi legioner futbolchilar mavjud.


Janubiy Koreya terma jamoasining evropada to'p tepayotgan legioner futbolchilarining joriy mavsumdagi ishtiroki va statistikasiga nazar solamiz.

Osiyoning "qizil iblislari" safidagi ikkita himoyachi evropaning ko'zga ko'ringan chempionatlarida ishtirok etadi. Park Ju Xu Bundesliga grandi Dortmundning "Borussiya" jamoasi sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsumda Tomas Tuxel Ju Xuga ko'proq imkoniyat taqdim etayotgandi. Ushbu mavsumda esa jarohatlar tufayli majburiy tarzda ikki marotaba Park Ju Xuni maydonga tushirdi.

Yun Suk Yung esa Daniya chempionati vakili "Brondbyu" safida harakat qiladi. Ammo ushbu mavsumda Yun Suk Yung o'zining yangi jamoasi tarkibida hali maydonga tushgani yo'q.


Park Ju Xu ("Borussiya D", Germaniya) - 2 o'yin

Yun Suk Yung ("Brondbyu", Daniya) - 0 o'yin


Uli SHtilike qo'l ostidagi yarim himoyachilar saviyasi va darajasi ancha yuqori. Nemis mutaxassisi oldida ushbu chiziq vakillari orasida ancha keng tanlov mavjud. Janubiy Koreya terma jamoasidagi besh nafar yarim himoyachi evropaning "kuchli-beshligi"da to'p suradi. Bular ichida eng nomdori albatta "Tottenxem" sharafini himoya qilayotgan Son Xen Min sanaladi. "Tottenxem"ning asosiy "snayperi" Xarri Keyn jarohat olganidan so'ng Son Xen Min "shporlar"ning asosiy futbolchisiga aylandi. Maurisio Pochettinoning o'zi ham Son Xen Minning ko'rsatayotgan o'yinlaridan ko'ngli to'layotganini va unga ishonishini takidlab o'tdi. Son Xen Min esa Angliya premer ligasi va ECHL doirasidagi o'yinlarda jami 5ta gol kiritishni uddasidan chiqdi va yana 3ta golga hammualliflik qildi.

Kim Sung Yung esa "Suonsi" jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bormoqda. Kim Sung Yung tayanch yarim himoyasida o'ynaydi. Janubiy Koreyalik ushbu futbolchi 9ta uchrashuvdan 3tasini boshlang'ich tarkibda boshlagan va qolgan bahslarda zaxiradan o'yinga qo'shilgan.

Angliya premer ligasida to'p tepadigan yana bir "qizil iblislar" azosi bu Li CHung Yong. Ushbu yarim himoyachi "Kristal Pelas" jamoasida o'ynaydi. Asosan zaxiradan maydonga tushadigan Li CHung jamoasining joriy yildagi bitta goliga assistentlik qildi.


Bundesliganing "Augsburg" jamoasi futbolchisi sanalgan Ku Ja CHol haqida ortiqcha gapirib o'tirish shart bo'lmasa kerak. Ku Ja CHol 2011 yildan buyon Germaniya futboli havosidan nafas olib keladi. Germaniya o'lkasidagi faoliyatini "Volfsburg"da boshlagan Ku Ja CHol orada "Augsburg"da ijarada o'ynab, keyin "Maync"ga yo'l olgandi. U erdan esa yana jonajon jamoasi "Augsburg"ga qaytgan Ku Ja CHol hozirga kelib jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. "Augsburg"da hujumchi ortida harakat qiladigan CHol o'tgan turda "Bavariya" darvozasini ishg'ol etdi.


"Augsburg"dagi yana bir "qizil iblis" bu Ji Dong Von hisoblanadi. "Augsburg"da hujumchi sifatida o'ynaydigan ushbu futbolchi o'tgan haftada Germaniya kubogi doirasidagi bellashuvda Manuel Noyer qo'riqlaydigan darvozani juda chiroyli tarzda nishonga olgandi.

"Augsburg"dagi ikki janubiy koreyalik futbolchilar navbat bilan Noyerni ranjitishga muvaffaq bo'lishdi. Dastlab bu ishni Ji Dong Von kubok o'yinida amalga oshirgan bo'lsa, kuni kecha chempionat bahsida Ku Ja CHol vatandoshi qilgan ishni takrorladi.

Avstriya chempionatida harakat qiladigan Xvang Xi CHan "Red Bull" jamoasining asosiy hujumchilaridan biri sanaladi. Xvang Xi CHan hozirgacha o'tkazilgan 7ta o'yinda raqiblari darvozasini 3 marotaba ishg'ol etishni uddaladi.

Kim Sung Yung ("Suonsi", Angliya) - 8 o'yin

Li CHung Yong ("Kristal Pelas", Angliya) - 9 o'yin, 1ta golga assistentlik qilgan.

Ku Ja CHol ("Augsburg", Germaniya) - 9 o'yin, 1 gol.

Son Xen Min ("Tottenxem", Angliya) - 10 o'yin, 5 gol va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Ji Dong Von ("Augsubrg", Germaniya) - 10 o'yin, 2ta gol va 1 ta golli uzatma.

Xvang Xi CHan ("Red Bull Zalcburg", Avstriya) - 7 o'yin, 3 gol.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика