So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

"Qizig'i, o'shanda men kamerani ko'rmaganman..." - Artyom Dzyuba (intervyu) Yangiliklar

"Qizig'i, o'shanda men kamerani ko'rmaganman..." - Artyom Dzyuba (intervyu)

UEFA rasmiy sayti Rossiya terma jamoasining asosiy yulduzi Artyom Dzyubadan intervyu oldi.

- Qisqa vaqt ichida Rossiyaning zaxira futbolchisidan terma jamoaning sardoriga aylandingiz. Bu yo'lni bosib o'tish qanchalik qiyin bo'ldi?

- Juda mashaqqatli yo'l bosib o'tildi. Eng muhimi, qo'lni siltamaslik lozim edi. Men o'zim uchun ishlashni va sarb qilishni asosiy vazifa qilib qo'ygandim. SHuni tushundimki, qachonki sen barcha ishni to'g'ri amalga oshirsang, unda ertami-kechmi muvaffaqiyat qozonasan. Futbolda bazan o'ynab, bazida zaxirada o'tirasan. Muhimi, doim jamoaga yordaming tegishi uchun harakat qilib, yaxshisiga umid qilish lozim.  Terma jamoadagi sardorlik masuliyati men uchun faoliyatimdagi muhim qadamlardan biriga aylandi. SHu boisdan ham doim yuqori darajani ushlab harakat qilaman.

- Mundial sizning xalqaro  faoliyatingizga alangadek "yondirdi". To'g'risini ayting, jahon chempionatidan avval mundial siz va Rossiya terma jamoasi uchun bu qadar omadli bo'lishini kutganmidingiz?

- Omadli ishtirokni kutish yaramaydi. Bunga ishongandim, umid qilgandim. Biz juda intizorlik va katta kuch bilan mundialga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki bu musobaqa faoliyatimizdagi eng muhim turnir bo'lgandi. Qo'shimchasiga o'z yurtindagi ajoyib bayramga aylangan Jahon chempionati. Ochiq gap, musobaqa fantastik bo'ldi. Biz mundialda bundanda yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi... Lekin nima bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha ruy berdi. Yurtimizdagi futbol bayramini chiroyli o'tishiga o'z hissamizni qo'shganimizdan juda xursand va faxrlanamiz.


- Jahon chempionatini zaxira o'rindig'ida boshladingiz. Unga qadar esa "Zenit" sizni ijaraga berib yuborgandi. Sizga muvaffaqiyat qozonish yo'lida mazkur qiyin yo'ldan yurish yoqadimi?

- Odamlar ko'pincha qachonki senda hammasi yaxshi ketayotganini anglashmaydi. Aksincha, qachonki  hammasini boshqattan boshlamoqchi bo'lganingda, senga bo'lgan ishonishmaydi. O'ylashadiki, sen sinib qolasan. Bazi paytlarda haddimdan oshishimga to'g'ri kelgan. Men tabiatdan yutqazishni yomon ko'raman va hech qachon taslim bo'lmayman. Qanday bo'lsam, shundayligimcha qolaman. 

Taslim bo'lish juda oson. Mayli, butun dunyo senga qarshi bo'lsin, lekin taslim bo'lmaslik kerak. Bu kabi voqealar men bilan juda ko'p ruy bergan. Bundan qo'rqmayman. Menga yaqin bo'lgan insonlar bor, ular doim oldimda bo'lishadi. Bu esa hammasidan ko'ra qadrli va qimmatliroq. Jamiyat fikri esa doim o'zgaruvchan bo'ladi: bugun unday, ertaga bunday. Sen esa o'z yo'lingdan og'ishmay, o'zinga bo'lgan ishonch bilan oldinga yurishing kerak.


- Stanislav CHerchesov shubhasiz sizga yuqori ishonch bildirdi. Bu ishonch siz uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etdi?

- Istalgan odam uchun rahbarining unga bo'lgan ishonch juda muhim. Bu sizga qo'shimcha kuch beradi va yangi qirralaringizni ochishga ko'makchi bo'ladi. Men esa bu ishonch doim gollar va golli uzatma yoki o'z o'yinim bilan oqlashga harakat qilaman. Murabbiy ishonch juda qadrli va uni uyaltirib qo'yishdan qo'rqaman. 


- Ispaniya bilan o'yinda aynan sizning golingiz Rossiya uchun juda muhim burilishga aylangandi. Ispaniyadek nomdor raqibni nimaning evaziga taslim etgandinglar?

- Bor kuchimizni sarflash, jamoaviy xarakter, ruhiyat va barcha o'zini maydonda qurbon qilgani uchun natijaga erishgandik. Biz barchamiz bir-birimizni o'rnimizni to'ldirib, hamma bir yoqadan bosh chiqarib jipslashib o'ynagani eng muhim rolni bajargan. O'ylashimcha, kuchli ishtiyoq evaziga Ispaniya taslim etilgandi. Ispaniya uchun bu odatdagi o'yin bo'lgan bo'lsa, biz uchun o'zgacha, hayot-mamot bahsiga aylangandi. Tabiiyki ishtiyoq bizda kuchliroq bo'lgan.

To'g'ri, Ispaniya o'yin bobida bizdan yaxshiroq o'ynashgan. Buni biz to'g'ri tushunib turibmiz. Rossiya shunchaki 120 daqiqa davomida bir mexanizmdek murabbiy ko'rsatmasini bajardi va o'z maqsadiga erishdi. Bu ajoyib his-tuyg'ularni taqdim etgandi. Jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri bo'lgan Ispaniyani uyda mag'lub etish, bu butun umr yodda qoladigan voqea.



- Xorvatiya bilan penaltilar seriyasidan oldin jamoani yig'ib nutq so'zlaganingiz barchani birdek g'ayratlantirib yubordi. Bunday hissiyotlar siz uchun qanchalik muhim?

- Bu o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon. Men Ispaniya bilan penaltilar seriyasidan avval ham shunday nutq so'zlaganman. SHunchaki o'shanda bu kamera etiboriga tushmay qolgan. Xorvatiya bilan esa buni tasvirga olishgan. Qizig'i, men kamerani ko'rmaganman, balki ko'rganimda bu kabi gapira olarmidim yoki yo'q, bunisini bilmadim. Ispaniya bilan bu ishim natija berdi. Xorvatiya bilan esa yo'q.

Men butun mamlakat buni ko'rganidan, qanchalik g'alaba qozonishni istashimizni va ishtiyoqimizni his qilganidan xursandman. Biz befarq emasdik, haqiqatdan ham butun mamlakatga yanada ko'proq quvonch berishni istagandik. Buni ko'plab o'yinlarda amalga oshirdik. Yurtimizga futbolga bo'lgan mehr oshganidan, mamlakat yana futbolni qayta sevib qolganidan faxrlanamiz. Bu biz uchun eng muhim va qadrli yutuq.


- Bir yarim yil avval siz ijtimoiy tarmoqlarda Uilyam Xenlining sherini qo'ygandingiz. O'sha sher sizga qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berdimi?

- O'shanda qiyin pallani boshdan kechirayotgandim. Qalbimda bo'shliq paydo bo'lgandi. O'tirib Uilyam Xenlining sherini eshitardim. Bu esa menga yordam berdi. O'shanda keyin buni ijtimoiy tarmoqlarda ham qo'ygandim. Qaytaraman, muhimi hech qachon taslim bo'lmaslik. 


- Denis CHerishev bilan JCHda Rossiya terma jamoasidagi eng yaxshi to'purar bo'ldingiz. O'zaro til topishib ketish qanday bo'ldi?

- Bu juda tez ruy berdi. Denis juda aqlli futbolchi. CHerishev intellekt jihatdan yuqori darajali futbolchi. SHu boisdan ham juda tez o'zaro til topishib ketdik. Maydonda esa ikkalamiz futbol tilida so'zlashamiz. Muammo yo'q. Men uni, u esa meni maydonda his eta oladi. Denis bilan birgalikda gollar va golli uzatmalarni amalga oshirishni uddalayotganimizdan xursandman. Lekin eng muhimi, bu jamoaviy yutuq. Rossiya terma jamoasi g'alaba qozonsa bas, qolgani ikkinchi darajada. 


- Klubda ham, terma jamoada ham eng asosiy quvnoq futbolchi bu siz. Dzyuba uchun mashg'ulotlardagi qattiq mehnat qanchalik muhim?

- Har qanday holatda ham mashg'ulotlar juda muhim va kerakli. Kim uchundir bu 100% kerak bo'lgan jarayon. Men esa faoliyatim davomida ko'proq o'z tanamga quloq solgan holda ish tutaman. Odatda doim mashg'ulotlarga boringni berib shug'ullanishing kerak. CHunki bu sening faoliyatinga poydevor sifatida xizmat qiladi. Lekin men doim ham bu ishni amalga oshiravermayman. 

Men ko'proq hissiyotga boy insonman. Ko'proq oddiy, qiziqarli o'yinlar o'ynashni xush ko'raman. Doim yugurish va shunga o'xshash mashqlarni bajarish men uchun oson bo'lmaydi. Lekin yosh o'tgani sayin bu narsalar qanchalik kerakli ekanligini tushunib borasan. Xohlaysanmi yoki yo'q, lekin "kerak" degan muhim so'z bor. Ko'proq shunga amal qilish lozim.


- Ayni paytda Piterda istiqomat qilyapsiz. SHahar va mahalliy muxlislar haqida gapirib bering...

- To'g'risini aytaman, avvallari Piterni yoqtirmasdim. Menga shahar xunuk, qiziqarsiz va g'alati tuyulardi. Bu erda 4 yil turib shuni tushundimki, shahar juda chiroyli, qulay, yoqimli va shinam. Men bu shaharni yaxshi ko'rib qoldim. bu erdagi barcha narsa menga yoqadi. Ustiga-ustak kichik o'g'lim ham shu erda tug'ildi. 

Bu shahar Moskvadan keyingi mening ikkinchi uyimga aylandi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Bo'sh vaqtlarimda ko'proq Piterda qolishga harakat qilaman. Har bir inson bu shaharni bir aylanib ketishi kerak. SHuningdek, bu erda Moskvada bo'lgani kabi tirbandliklar yo'q. Hammasi shunchaki ajoyib. Piterda juda ko'plab do'stlar bilan tanishdim. Umuman shahardagi muhit juda chiroyli. Ayniqsa Piterdagi yangi stadionimiz juda ko'rkam, chiroyli. Bu erdagi muhit menga juda yoqadi. Doim muxlislar bilan to'ladigan arenada futbol o'ynash zavqi boshqacha. Men katta arenalarni, katta o'yinlarni yoqtiraman. Bu narsa futboldagi eng zo'r jihat.


- Evro-2020 o'yinlarini Sankt-Peterburg shahri qabul qilishiga munosabatingiz qanday?

- Bu juda muhim. Ajoyib. Biz bu erdagi qo'llab-quvvatlov, muxlislikni his qilganmiz. Bu esa nima ekanligini yaxshigina anglaymiz. Katta masuliyat va ishtiyoq beradi. Piterdagi muxlislar Rossiya terma jamoasining chin manodagi haqiqiy 12-futbolchisi. futbol bayrami yana Rossiyaga qaytishini juda istardim.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика