So’nggi yangiliklar

07:44ПСЖ фуболчиси АПЛ ва Бундеслига клублари қизиқишлари доирасида  0 07:15Мудрик порламоқда!  1 03:30Конференциялар лигаси. "Челси" 8та гол урди, "Фиорентина" ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:15Европа лигаси. МЮдан илк ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  1 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  10 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   4 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  5

Qiyin davr: Kam gapirib, ko'p ishlanadigan payt kelgan Ravshan Ermatovning oldida turgan muhim vazifalari Yangiliklar

Qiyin davr: Kam gapirib, ko'p ishlanadigan payt kelgan Ravshan Ermatovning oldida turgan muhim vazifalari

O'zbek futboli Umid Ahmadjonov boshqaruvi davrida qanday bo'ldi, degan savolga turlicha javob beruvchilar topiladi.

Bazilar Umid Ahmadjonov davrida katta islohotlar ruy berganini takidlasa, ikkinchi tomon futbol mantig'iga zid bo'lgan ishlar bisyor bo'lganini eslatib, shunga qarab xulosa beradi.

Kimdir Superliga titul homiyga ega bo'lgani, o'yinlar translyaciyasida oldinga qadam tashlanganini ko'rsatib maqtasa, bazilar har yili oddiy qog'ozdek yirtib tashlangan reglament va uzluksiz o'zgarib turgan chempionat formatini yodga oladi.

O'tgan salkam 2 yillik davrda futbolimizda yaxshi o'zgarishlar bo'lganini takidlayotgan muxlis va jurnalistlar ham yo'q emas. Ular terma jamoaga xorijdan murabbiy tayinlangani va o'rtoqlik o'yinlari doirasida topilgan raqiblar statusiga etibor qaratishmoqda. O'rtoqlik o'yinlari tashkil etishda oldinga qadam tashlanganini hech kim inkor etmaydi. Yaxshi va nomdor raqiblar bilan o'ynalgani haqiqat. Terma jamoaga xorijdan nomi chiqqan murabbiy olib kelingani ham fakt.

SHuningdek, aynan Ahmadjonov davrida Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa g'oliblikni qo'lga kiritdi. Aynan mazkur g'alaba bilan Ahmadjonov faxrlanishi mumkin. CHunki bu yutuq aynan uning rahbarlik davriga to'g'ri keldi. Garchi endigina ishga kirishgan funkcioner Ahmadjonov uchun bu O'FA yo'lakchasidagi dastlabki va oxirgi katta yutuqqa aylandi.

Agarda rahbarga faqatgina shu mezon yoki o'lchov bilan baho beriladigan bo'lsa, unda Umid Ahmadjonov faoliyati yaxshi deb hisoblanadi.

Lekin butun bir boshqaruvchi faoliyatiga mazkur mezon yoki o'lchov bilan baho berish qanchalik to'g'ri? Bu bahsli masala. Kamiga terma jamoa salkam  1 yil bosh murabbiysiz qolib, o'rtada terma jamoani o'rtoqlik uchrashuvlarida Ro'ziqul Berdiev va Temur Kapadze boshqarib turdi.

SHuningdek, Ektor Kuper terma jamoaga olib kelingach, O'zbekiston Osiyo Kubogida kutilgan minimum vazifani ham uddalay olmay, natija taraflama oxirgi yillardagi anti-rekordni takrorladi. Bu ham fakt.

Umid Ahmadjonovning O'FAdagi faoliyatini agarda terma jamoa mezoni bilan baholaydigan bo'lsak, tayinlov qanchalik o'zini oqladi yoki yo'q, natija qanchalik o'xshadi yoki o'xshamadi degan savollar tug'iladi. Osiyo Kubogida qayd etilgan natija oxirgi yillardagi eng yomoni bo'ldi.

Xorijdan murabbiy olib kelib, ammo natija borasida o'sishga erishmaslik, bu tayinlov noto'g'ri ekanligini anglatuvchi asosiy faktorlardan biri.

O'yin yoki uslub taraflama ham Kuper tayinlovi hali ko'plab savollarni ochiq qoldirayotgan og'riqli va bahsli mavzu.

SHu taraflama olib qaralsa, terma jamoa mezonini asosiy o'ringa olib chiqadigan bo'lsak ham Ahmadjonov faoliyati borasida savollar etarlicha tug'ilmoqda.

To'g'ri, Ahmadjonov ko'proq reklama, piarga katta urg'u qaratib, marketing sohasi tarafdan yurishni o'yladi. Buning natijasida ko'plab ishlar nomiga amalga oshirilgandek taassurot qoldirdi.

Masalan, terma jamoaga murabbiy tayinlash oldidan rasman taqdim etilgan short-listlar (O'FA tomonidan taqdim etilgan short-listdagi murabbiylar yakunda terma jamoaga tayinlanmadi), uzluksiz davomiy turli associaciyalar bilan memorandumlar, sobiq rahbariyat faoliyati keskin tanqid qilingani, ketma-ket diskvalifikaciyalar, hakamlar chetlatilishi, matbuotga chiqishlar kabi ishlar avj oldi.

Lekin qator imzolangan memorandumlar asosida birorta loyiha yoki dastur bo'yicha amaliy ish qilingani yoki ko'ringani yo'q. Terma jamoa short-listidagi murabbiylar ichidan birortasi jalb etilmadi va yakunda JCHda Misr terma jamoasi bilan muvaffaqiyatsizga uchragan, ammo vada qilingan mezonga to'g'ri keluvchi istefoga chiqarilgan Kuper variantga to'xtalindi.

PFLga esa futboldan yiroq bo'lgan rahbar Omon G'ofurov tayinlandi. Natijada Umid Ahmadjonov tanlovi bo'lgan Omon G'ofurovning PFLdagi faoliyatining dastlabki kunlari qator tushunarsiz va reglamentda aniq ko'rsatilmagan yo'q jarimalar akciyasiga aylanib ketdi. Omon G'ofurov PFL bosh direktori etib tayinlangach rahbar sifatida biror marta OAV bilan matbuot anjumani tashkil etmadi. PFL tarixida hali bunaqasi bo'lmagandi.

Yani, Umid Ahmadjonovning O'FAdagi faoliyati davomida yo'l qo'ygan eng katta xatolaridan biri, bu PFLga kerakli kadrni tayinlay yoki topa olmagani. Aksincha, PFL o'zining mavjud mutaxassislaridan ayrilib, kechagina futbol ichiga qadam qo'ygan muxlislar uchun tajriba maydonchasiga aylandi qoldi. Eski PFLga nisbatan har tugul ishlatsa bo'ladigan professional maqomdagi tashkilot to'liqligicha havoskorlik sari qadam tashladi.

O'FA va PFLdagi o'tgan salkam 2 yillik davrda elon bo'yicha ishchi kuch to'plandi. Bosh tashkilot o'zida havaskor maqomidagi "kecha" futbolga kelgan "mutaxassislar"ni to'plab, klublardan professionallikni talab qilgan davr guvohiga aylandik.

Bu xuddiki jurnalistlardan futbol jamoasi tuzib, Superligada chempionlikni talab qilishdek gapga o'xshab ketadi.

O'FAning eski boshqaruvchisi davrida yaxshi tomonlarni ko'radigan, ularni birma-bir sanay oladigan jurnalist yoki muxlislar borligiga shubha qilmayman. Ularning o'z haqiqati mavjud. Quyida sanaganlarim esa o'sha davr mobaynida ko'rgan va bilganlarim ro'yxatidan o'rin olganlari. 

O'zbek futbolida reglamentlar qog'ozdek yirtilgan davr o'tdi. Buyog'iga o'zbek futboli boshqaruviga tarixda ilk marotaba futbol ichidan nafas olgan shaxs keldi. Ravshan Ermatov nafaqat o'zbek futboli havosini, balki kelajakda rivojlanishimiz uchun turtki va cho'qqi bo'ladigan jahon futbolidagi ob-havoni ko'rgan va bilgan mutaxassis. 

Birgina xushtak bilan shunday cho'qqini zabt etgan o'z ishining ustasidan boshqaruv rulida ham muvaffaqiyat kutamiz. Ermatovning rahbarlik salohiyati, boshqaruv bilimiga ortiqcha shubha yo'q. Hakamlik ham aslida boshqaruvdan iborat bo'lgan kasb. Maydonda tinimsiz harakatlanadigan futbolchilarning ehtiroslarini jilovlab turadigan kasb egasida bu kabi sifat etarli bo'ladi. Ayniqsa Ermatovda.

Yaqinda tasvirga olgan "O'yin kuni" loyihasida Ravshan Ermatovning ishlash uslubi, to'g'ridan-to'g'ri ish ustida, yani yosh hakamlarga seminar o'tkazayotgan paytda ko'rib, shu tarifni ishlatgandim: "Hakamlarning haqiqiy bosh murabbiyi".

Video. «O'yin kuni» — Ravshan Ermatov (Hech qaerda ko'rmagan jarayonlar va hakamlar haqida) 

Endilikda Ravshan Ermatov nafaqat maydonda boshqaruvchi, hakamlarning bosh murabbiyi, balki o'zbek futboli boshqaruvchisiga aylandi. Juda qiyin palla. Eski O'FFdan keyingi holatdanda og'irroq ahvol futbol ichida. Masuliyat juda yuqori bo'lgan ish. Biroq Ravshan Ermatov uchun masuliyat begona bo'lmagan so'z. SHu taraflama ko'ngil xotirjam.

Jahon chempionatlari tarixidagi ilk o'zbek ishtirokchisi va rekordchisiga aylangan Ravshan Ermatov zimmasiga endi terma jamoamizning mundialdagi taqdiri ham bevosita bog'liq bo'ladi. Ravshan Ermatov endilikda nafaqat o'z ishtiroki, balki O'zbekiston terma jamoasi ishtirokini taminlashga ham masul.

Doim o'z ishida etakchi va birinchi bo'lgan Ravshan Ermatov futbol ichidan o'zbek futboli boshqaruviga kelgan ilk funkcioner rolida endi javlon uradi.

Umid Ahmadjonov O'FF tepasiga endi kelganida yangi rahbariyatga taklif sifatida maqola yozgandim. O'sha takliflar hali ham o'z aktualligini yo'qotmagan. Yani, o'sha muammolar hali ham mavjud va ko'paygandek, nazarimda.

O'FFga taklif: MTJ, PFL va "etimcha o'g'illar" 


Ravshan Ermatov oldida turgan dastlabki eng muhim vazifalar:

1. Futbolimizdagi ayni holatni chuqur o'rganib chiqib, muammolarni aniqlash.

2. Associaciya o'rniga Federaciyani tiklash (O'FAdan O'FFga qaytish) 

3. Futbolimizning yaqin kelajakdagi aniq tizimini yaratish dasturi

4. PFLga munosib mutaxassis tayinlash

5. Terma jamoalar ishini chuqur o'rganib chiqib, tahliliy guruh tashkil etish

6. Futzalni mustaqil associaciyaga aylantirib, unga munosib rahbar va terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash

7. Hakamlar qo'mitasi ishini butkul yangilash (o'yin kuni elon qilinadigan va turli xil yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish)

8. Bolalar futboli tizimini qayta ko'rib chiqish

9. Barcha yo'nalishlar bo'yicha o'z mutaxassislarini jalb etish

10. O'FFda murabbiylar kengashi tashkil etish (malakali va erkin yurgan mutaxassislar bilan to'ldirish)

Umid Ahmadjonov davrida o'rnatilmagan O'FA va PFL funkciyalaridagi muvozanatni Ermatov uddalashiga ishongim keladi.  

Ko'p gapirib kam ishlanadigan davr o'tib, buyog'iga kam gapirib, ko'p ishlanadigan payt keldi.

Muallif :
Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика