So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  1 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

Qisqa vaqt ichida shonli tarix yarata olgan "Bunyodkor" jamoasi 15 yoshda Yangiliklar

Qisqa vaqt ichida shonli tarix yarata olgan "Bunyodkor" jamoasi 15 yoshda

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun 15 yoshga to'ldi.

"Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam, 2005 yilning 6 iyul kuni "Neftgazmontaj-Quruvchi" nomi bilan tashkil topgan "Bunyodkor" bugun 15 yoshni qarshi oldi. Keyinchalik "Quruvchi" nomi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoamiz 2008 yil "Bunyodkor"ga aylangach, dunyo nashrlarida ham tilga olina boshlandi, amalga oshiriyotgan ishlari etirof etildi, "qaldirg'ochlar" yanada balandroq ucha boshladi. Bu orada klubimizda o'sha mashhur Ziko, Luis Filipe Skolari kabi murabbiylar ishladi. Rivaldo singari jahon tan olgan, Xose Luis Vilyanueva kabi mohir to'purar legionerlar «Bunyodkor» libosini kiyishdi. Ispaniyaning grand jamoasi "Barselona" bilan o'zaro hamkorlik yo'l qo'yildi. Qisqa vaqt ichida milliy terma jamoamizning o'zagi bo'lgan futbolchilar "Bunyodkor" azosi sifatida maydonga tusha boshladi. Amalga oshirilgan islohatlar o'laroq, klub qoshida futbol akademiyasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Akademiyamiz tarbiyalanuvchilari bo'lgan "qaldirg'ochlar" bugun jamoamizning asosiy o'yinchilariga aylangan. Qisqasi, "qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyati uchun ko'pchilik eng shimarib, hamjihatlik bilan xizmat qildi. Lekin bu muvaffaqiyatlarning asosi aynan kimlarga bog'liq ekanligini barcha biladi, bugungi kunda ham ularni etirof etadi, yaxshi xotiralar bilan tilga oladi, shu jumladan biz ham! Zero, "Bunyodkor"ni nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyo va dunyo miqiyosida tan olinishi uchun qilingan xizmatlar unutilmaydi!



Rejaga ko'ra, "Bunyodkor"ning 15 yoshini katta tantanalar bilan nishonlashni maqsad qilgandik. Xususan, o'z vaqtida jamoamiz sharafini himoya qilgan legionerlar va "Paxtakor"ning sobiq yulduzlari ishtirokida o'sha, o'z vaqtida kuchli beshlikning mashhur derbilaridan qolishmagan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvini muxlislar uchun yana "jonlantirishni" rejalashtirgandik. Ammo Respublikamizda hukm surayotgan pandemiya va karantin davri bu rejalarni amalga oshirishimizga to'sqinlik qilmoqda. Boisi, doimo muxlislar uchun to'p surgan "qaldirg'ochlar" ushbu shou uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida ishqibozlar ko'z o'ngida va olqishlari ostida o'tkazishni niyat qilgan. Aytish kerakki, klub rahbariyati hali ham o'z maqsadidan qaytgani yo'q. Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan ishqibozlarni stadionga qaytishiga ruxsat berilsa, "Bunyodkor" 15 yillik tantanalar uchun ishlab chiqqan dasturini hayotga tatbiq etishni boshlaydi. Jumladan, muxlislar o'sha mashhur "Bunyodkor" - "Paxtakor" derbisini bevosita stadionda yana ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. SHuningdek, bu shou uchrashuv orqali faoliyatining so'nggi yilini «qaldirg'ochlar» safida o'tkazib, butsasini mixga ilgan o'yinchilar uchun xayrlashuv o'yiniga ham aylanadi. Xullas, Siz uchun o'ynaydigan "Bunyodkor" 15 yoshda",- deya xabar beradi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati. 

Quyida "Bunyodkor"ning yulduzli tarkibdagi suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.






Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика