So’nggi yangiliklar

20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 20:00Суперлига. "Нефтчи" – "Бухоро" 0:0 (матнли трансляция)  16 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 19:12Суперлига. "Машъал" - "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  20 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  6 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   2 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  14 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  4 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1

Qisqa vaqt ichida Osiyo va Jahon etiborini o'ziga qarata olgan "Bunyodkor" 16 yoshda Yangiliklar

Qisqa vaqt ichida Osiyo va Jahon etiborini o'ziga qarata olgan "Bunyodkor" 16 yoshda

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun o'zining 16 yoshini nishonlamoqda.

Bundan roppa-rosa 16 yil muqaddam, 2005 yilning 6 iyul kuni "Neftgazmontaj-Quruvchi" nomi bilan tashkil topgan "Bunyodkor" bugun 16 yoshni qarshi oldi. Keyinchalik "Quruvchi" nomi bilan nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoamiz 2008 yil "Bunyodkor"ga aylangach, dunyo nashrlarida ham tilga olina boshlandi, amalga oshiriyotgan ishlari etirof etildi, "qaldirg'ochlar" yanada balandroq ucha boshladi. Bu orada klubda o'sha mashhur Ziko, Luis Filipe Skolari kabi murabbiylar ishladi. Rivaldo, Denilson, Luizao singari jahon tan olgan, Xose Luis Vilyanueva kabi mohir to'purar legionerlar "Bunyodkor" libosida to'p tepdi. Jamoa Oliy ligadagi o'zining debyut mavsumidayoq yuqori o'rinlarni band etdi. Kichik  muddat ichida qilingan ishlar samarasi o'zini ko'p kuttirmadi. 2008 yilgi mavsum "qaldirg'ochlar" uchun nihoyatda muvaffaqiyatlarga boy yil bo'ldi, desak yangilishmaymiz. Jamoa mamalakat chempioni va kubogida zafar quchish bilan birgalikda, OCHLda yarim finalga qadar etib bordi. Keyingi yillarda Ispaniyaning grand jamoasi "Barselona" bilan o'zaro hamkorlik yo'l qo'yildi. Ikki jamoa ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilindi.  Qisqa vaqt ichida milliy terma jamoamizning o'zagi bo'lgan futbolchilar "Bunyodkor" azosi sifatida maydonga tusha boshladi. Amalga oshirilgan islohatlar o'laroq, klub qoshida futbol akademiyasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Akademiya tarbiyalanuvchilari bo'lgan "qaldirg'ochlar" bugun jamoaning asosiy o'yinchilariga aylangan. Qisqasi, "qaldirg'ochlar"ning muvaffaqiyati uchun ko'pchilik eng shimarib, hamjihatlik bilan xizmat qildi. Lekin bu muvaffaqiyatlarning asosi aynan kimlarga bog'liq ekanligini barcha biladi, bugungi kunda ham ularni etirof etadi, yaxshi xotiralar bilan tilga oladi, shu jumladan biz ham! Zero, "Bunyodkor"ni nafaqat mamlakatimizda, balki Osiyo va dunyo miqiyosida tan olinishi uchun qilingan xizmatlar unutilmaydi!

"Bunyodkor" jamoasining chempionatimizda erishgan yutuqlari 

O'zbekiston chempioni - 2008, 2009, 2010, 2011, 2013

O'zbekiston vice-chempioni 2007, 2012, 2016

Bronza medali sohibi - 2019

O'zbekiston kubogi egasi - 2008, 2010, 2012, 2013

O'zbekiston Superkubogi sohibi - 2014

Ikki karra OCHL yarim finalchisi - 2008, 2012

Quyila suratlar orqali jamoaning zavqli onlarini birgalikda yodga olamiz

"Bunyodkor"ning yulduzli tarkibga ega bo'lgan paytlarda "PROSport" nashri O'zbekiston oliy ligasini yoritib borardi.

2008 yilgi O'zbekiston kubogi finalidan oldingi jamoviy surat. Yulduzlarga etibor bering


"Bunyodkor" - 2009



2010 yil "SHo'rtan"ga qarshi kechgan O'zbekiston kubogi finalidan oldingi jamoaviy surat. Yulduzlar klubni tark etgan paytlar...


"Bunyodkor" - 2011. 

"Bunyodkor" - 2012. Jamoa o'sha mavsum chempionlikni qo'lga kirita olmagan bo'lsada, kubokni o'ziniki qilgan va OCHLda yarim finalgacha etib borgan

"Bunyodkor" - 2013. O'sha mavsum jamoa ichki chempionatda dubl qayd etgan. 

"Bunyodkor" - 2014 yilgi O'zbekiston Superkubogi sohibi


"Bunyodkor" - 2015. O'sha mavsum jamoa uchun muvaffaqiyatsiz o'tgan, chempionatda 4-o'rin, kubok finalida "Nasaf"ga imkoniyai boy berilgandi. 


2016 yil jamoa o'zagini klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari tashkil qilgan va yakunda chempionatda kumush medallariga ega chiqqandi.

 

2017 yil 2015 yilgi natija takrorlandi. Kubok finalida "Lokomotiv"ga mag'lub bo'ldi, chempionatda 4-o'rin bilan kifoyalandi

2018 yil "Bunyodkor" o'z tarixidagi eng og'ir mavsumini o'tkazdi. 


2019 yil "Bunyodkor" yana ravon yo'lga qaytdi va Superligada bronza medallarini qo'lga kiritdi.



2020 yilni "Bunyodkor" malum sabablarga ko'ra barqaror o'tkaza olmadi. Superligadagi natija 4-o'rin

O'zbek futboli rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan mazkur klubga bo'lg'usida yana ko'plab sovrinlarga ega chiqishini, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini tilab qolamiz. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика