So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Qishning eng g'alati transferi Yangiliklar

Qishning eng g'alati transferi

Teglar :  Lassana DiarraPSJ
Lassana Diarra – PSJda.

“Anji”, Moskvaning “Lokomotiv” va “Al-Jazira” klublaridan keyin yaxshi o'sish. Faoliyatini tugatay deb turgan futbolchi qanday qilib bunday “omadga yo'liqdi?” Demak, vaziyatni o'rganib chiqishga harakat qilamiz!

Kelishuvlar har xil bo'ladi. SHov-shuvlarga sabab bo'ladigan katta transferlar va “g'alati” transferlar. SHu oyning o'zida biz ajoyib “rokirovka” guvohi bo'ldik. “Manchester Yunayted” va “Arsenal” o'zaro futbolchi almashdilar. Genrix Mxitaryan Londonga yo'l olgan bo'lsa, chililik Aleksis Sanches teskari yo'nalishda Manchesterga ko'chib o'tdi. Endi navbat yuqorida takidlangan “g'alati” transferga keldi. Bu nomga Franciyaning PSJ klubining yarim himoyachi Lassana Diarrani jalb qilgani yaqqol nomzod bo'la oladi.



Francuz bir necha yil avval futbolni yakunlash niyatidaligini aytgandi. Bazan Diarraning ikkinchi (balki uchinchi) yoshligi boshlanayotgandek bo'ladiyu, bir oz o'tib, bundan umid qilganlar adashganini tushunib etaverdi. Vaqt o'tgani sari, o'sha omadli davrlar, yorqin o'yinlar soni kamayib boraverdi. Diarra yaqin sharqqa yo'l olganda esa, futbol jamoatchiligi Lass haqida unutish mumkinligi va futbolchi faoliyatini yakunlab qo'yish uchun Evropani tark etganini takidlashdi.

Ammo, Lassana “tegirmon”dan ham tirik chiqishni uddaladi. Endi u o'z tarkibiga faqat eng yaxshilarni yig'adigan PSJ bilan futbol dunyosining eng yuqorisini zabt etmoqchi. Aynan shuning uchun ham, PSJ Diarrani sotib olgani g'alatiroq tuyulmoqda. Sababi, francuz futbolchisiga “eng gullagan” davrlarida ham barqarorlik etishmasdi, hozir esa u 32 yoshda. Uning Rossiyadagi faoliyatini ham turlicha baholash mumkin. Ammo nima bo'lganda ham, RFPLni tajribali o'yinchi chiroyli tark etmadi. Janjallar va “Lokomotiv” bilan sudlashuvlar, darvoqe, o'sha “ish”da Lass yutqazgandi va “temiryo'lchilar”ga kattagina miqdorda jarima pulini to'lab berishga majbur bo'lgandi.

Bu holat futbolchi faoliyatiga qattiq zarar etkazdi. Ammo, u masala ham hal bo'ldi va keyinroq Diarra yana yo'lida davom etdi. Buning barchasi esa futbolchi juda yaxshi agentga egaligidan dalolat edi. Futbolchini tarkibiga qo'shib olishga Franciyaning “Marsel” jamoasi jazm qildi. Ammo o'shandayoq transfer ko'pchilikning ajablanishiga sabab bo'ldi. Sababi oddiy, moliyaviy tomondan provansalliklar poytaxtliklar (PSJ)ga yaqin ham kela olishmasdi. SHunday bo'lsada, moliyaviy janjallarni “yoqtiradigan” Diarrani sotib olish... Lekin Diarraning oxirgi omadli o'yinlari aynan “Marsel” safida bo'lgani hech kimga sir emas.

2015/16 yillardagi mavsumda Franciya chempionatidagi o'yini bilan Diarra vaqtida “Arsenal”, “CHelsi” va “Real” nega uni sotib olganlari-yu, nega umidli tayanch yarim himoyachisiga ishonch bildirganini yana bir bor eslatib qo'ygandek bo'ldi. Yorqin mavsumdan keyin omadsizliklar boshlandi. Murabbiy va rahbariyat bilan kelishmovchiliklar hamda boshqa turli sabablarga ko'ra futbolchi avval zaxiraga “mixlandi”. Keyinroq esa o'yin qaydnomasiga ham kiritilmay qo'ydi. SHunda klub uni sotishga qaror qildi, ammo xaridor, ha deganda, chiqavermadi.

Jamoa shartnomani bekor qildi va futbolchini tekinga qo'yib yuborishga majbur bo'ldi. BAAdan “Al-Jazira”da Lassanaga pul, e yo'g'e, taklif topildi. U erda ham Lassana uzoqqa bormadi, yarim mavsumda 5ta o'yinda — 309 daqiqa o'ynadi. Natijada “Al-Jazira” bilan ham shartnoma bekor qilindi. Bundan yomon variant bo'lmasa kerak. SHuning uchun, avvaliga PSJning Diarraga qiziqib qolgani “o'xshamagan hazildek” qabul qilingandi.



Aslida esa muzokaralar chindan olib borilgan ekan. Mana endi uning mantiqiy yakuniga etib keldik. Tomonlar bir yarim yillik shartnomaga imzo chekishdi. PSJ avvaliga Neymarni sotib olib barchani lol qoldirgan edi, endi esa Diarra transferi bilan barchani karaxt ahvolga solib qo'ydi. Eng qizig'i, parijliklarning puldan qiynalgan joyi yo'q. Bundan tushunish mumkinki, UEFA francuz klubini chinakamiga “bo'g'zidan olgan” va feyr-pleydan chiqib ketmaslik uchun ortiqcha bir tiyin ham sarflashning imkoni yo'q.

Bu PSJ Neymar va Mbappening yoniga bir talay yulduzlarni kosmik narxlarda sotib olib kelib qo'yadi degan fikrlarni sarobga aylantirdi. Yo'q, buyog'iga qimmat narxda futbolchi sotib olishdan avval, hisob-kitob qilishga to'g'ri keladi va klub balki boshqa bir futbolchidan voz kechishga ham majbur bo'lar. Bunday hollarda erkin agentlarni sotib olish zo'r variant. PSJdagi tarkib bilan yangi futbolchining nima keragi bor dersiz, ammo Matyuidi ketgandan so'ng, aynan tayanch zonasida, Diarra aynan o'sha nuqtada to'p tepishini barcha yaxshi biladi. Etmaganiga, yaqinda Motta ham jarohatlandi.

Ha, umuman olganda, u buyog'iga avvalgidek navqiron bo'lmaydi. SHunday ekan, u bilan xayrlashish onlari ham yaqin. Verratti, Rabo uchun esa markazda himoya kerak. SHuning uchun, Diarra endi tarkibning asosiy o'yinchisi bo'lolmaydi. U balki Franciya chempionatida ishtirok etar, lekin asosiy tarkibdagi iqtidorli kadrlarni xavf ostida qoldirishga endi hojat yo'q. PSJ ichki chempionat uchun jon kuydirmayotgani va poytaxtliklar qolganlardan bir bosh ustunligi kundek ravshan.

Ha, umuman olganda, u buyog'iga avvalgidek navqiron bo'lmaydi. SHunday ekan, u bilan xayrlashish onlari ham yaqin. Verratti, Raboga vaqti-vaqti bilan dam berish uchun esa yana bir futbolchi zarur edi. Diarra hech qanaqasiga asosiy tarkib vakili sifatida ko'rilmayapti. U aynan kuchsiz raqiblar bilan, oddiy o'yinlarda maydonga tushadi. Ichki chempionatda PSJ qolganlardan shu qadar kuchliki, jamoa iqtidorli yulduzlarni xavf ostida qoldira olmaydi.

PSJ hamma ishni CHempionlar Ligasi uchun qilmoqda. SHubhasiz, ko'pchilik Fabinoni Parijda ko'rsa bundan faqat xursand bo'lar edi, ammo... Birinchidan, futbolchi “zaxiradan tushuvchi” roliga rozi bo'lmaydi. Ikkinchidan esa bu transfer uchun “Monako” yaxshigina pul talab qiladi. Pul topilar, ammo moliyaviy feyr-pley... Bu vaziyatda, transfer bozorini chuqurroq o'rganib chiqsangiz, PSJ muammosini hal qilishning eng maqul yo'li kerakli maydonga tajribali futbolchini ortiqcha xarajatlarsiz qo'lga kiritish edi.

PSJ nima yo'qotishi mumkin? Eng xavfli jihati shundaki, Lassana yangi ben Arfa bo'lishi mumkin. Bu ikki futbolchi og'ir xarakteri, janjalkashligi va surbetligi bilan ajralib turadi. Xatem bugungi kunda tribunadan o'yinni xotirjam tomosha qilib, maosh olmoqda. Yana PSJ shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgani uchun, qo'shimcha pul, kompensaciya summasini talab qilishdan ham tortinmayapti. Bir marta “og'zi kuygan” PSJ xuquqshunoslari Lassana bilan shartnoma tuzishdan avval bu jihatga ham etibor berishgan bo'lsa ajabmas.



Agar futbol hamon o'yinchi hayotining bir bo'lagi bo'lsa, Lassana hech bo'lmasa mavsum oxirigacha ishonchli o'yin ko'rsata olishi kerak. Ha, qiziqarli kelishuv. Diarra yuqori darajadagi futbolchi, ammo shunga loyiq xarakter jihatlariga ega emasligi ko'pincha pand beradi. Nima bo'lganda ham, Lassana Diarra o'rtamiyona “Kann” yoki “Dijon”larning “dodini” bera oladi. Axir uni shuning uchun ham xarid qilishdi. “Keraksiz o'yinlar”da Diarra kerakli ochkolarni qo'lga kiritishga hissa qo'shadi, etakchilar esa dam oladi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика