So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  16 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Qishki tatil tafsilotlari bilan o'rtoqlashib yoxud tatildagi do'stlarimni yo'qlab... Yangiliklar

Qishki tatil tafsilotlari bilan o'rtoqlashib yoxud tatildagi do'stlarimni yo'qlab...

Qishni gashti boshqacha. Oppoq qorga har qancha termulib tomosha qilsang ham unga to'ymaysan.
Undagi o'zgacha bir zarrachalar kishiga ajib bir tuyg'ularni tuxfa etadi. Qor ustida bolalarni miriqib sirpanishlarini aytib o'tishga hojat bo'lmasa kerak.

Ayni damda minglab mavjudotlar inlariga kirib uxlay boshladilar. Endi ularni birov bezovta qilmasayu, ular maza qilib xordiq chiqarsalar. Yurtimiz futboliga ham mana shu nazar bilan qarash mumkin. Ayni damga kelib, mamlakatimiz futbolining (deyarli) barcha ishtirokchilari xordiq olish bilan ovora desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Ammo shunday futbolchilar ham borki, ulardagi xolatni bilsangiz, balki siz ham kaminangiz kabi hayratomuz tabassumni yashirolmaysiz. Aslida tatilda futbolchilarni dam olishlariga “halal” berishni istamaymiz, ammo siz muxlislardagi “falon futbolchi nimalar qilyapti ekan?” degan savolingizga javob topishga intilishimiz, bizni ular tomon tortadi. Keling, gapni indallosiga o'taylikda maqolaning asliy qismiga o'taylik.

Do'stlarimni birin ketin yo'qlay boshladim. Avvaliga ko'pchilik uchun tanish bo'lgan, “Buxoro” klubi vakili Bahodir Pardaev bilan bog'landim. U bilan bog'langanimda, o'zidagi qishki tatil borasida fikrlarini qisqacha shunday bayon qilib o'tdi:



“Avvalambor etiboringiz uchun rahmat. Qishki tatilni, mavsum so'ngida orttirib olgan kichik jarohatimdan forig' bo'lish bilan boshladim. Undan qutilgandan so'ng esa oila davrasida ko'proq bo'lish uchun uyda davom ettiryapman. Bazida do'stlarim bilan aloqaga chiqaman, shohida ular bilan chrashuvlar tashkil qilamiz. Umuman olganda tatil men uchn yaxshi o'tmoqda desam ham bo'ladi. CHunki hamma ham oilasi va yaqinlari davrasida ko'proq bo'lishni istaydi. Menda esa ayni damda bu imkoniyatlar mavjud. SHuning uchun ham ko'p vaqtimni uyda o'tkazishga harakat qilyapman. Qolaversa televideniya orqali futbol tomosha qilish uchun ham ayni paytda imkoniyatlar kengaygan. SHu sababli utbollarni ham o'tkazib yubormaslika haraat qilyapman. Fursatdan foydalanib, barcha futbol ishqibozlarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab qolaman!”

Bahodir bilan hayr – mazurni o'rniga qo'ydim–u, menga sim qoqib turgan do'stim Eldor Isaboev bilan suhbatga o'tib ketdim. Eldorbek aslida uyatchanggina bola ekanligi ham qaysidir manoda o'ziga yarashadi. Uning tatildagi sarguzashtlari ham o'ziga xos o'tmoqda. Bu haqda uning o'zi quyidagicha so'zlaydi:



― Eldor, sizdan shaxsiy savollardan tashqari muxlislarni qiziqtirgan bazi savollarni javobini olishni istardim.
― Muxlislarimiz etibori uchun siz jurnalistlar qalami fido ekan, bil futbolchilar har doim va har joyda istalgan savolingizga javob berishga tayyormiz.

― Bilishimizcha yaqinda bo'ydoqlikka chek qo'ygansiz?
― Ha, bu borada siz haqsiz. Hayotda doim ham siz aytganday bo'lavermas ekan. Oilaviy sharoitlar shuni taqozo qilib qolganidan keyin ota–onamni taklifini rad eta olmadim.

―Qishgi tatil haqida biroz to'xtalib o'tsangiz.
― Qishgi tatilni qanday o'tkazishim avvaldan malum edi. CHunki Amet Abdullaevich yoshlarga imkoniyat berishdan ko'ra boshqacha yo'lni tanlab, men jamoadagi kabi yoshlarni zaxira o'rindig'ida qolib ketishimizga zamin yaratib berdi. Natijada ko'p vatimni “o'yindan tashqari” xolatda o'tkazdim. SHuning uchun ham kelajakka jiddiy qaragan xolda mustaqil tarzda mashg'ulotlarni olib boryapman. Axir, endi men katta hayotga qadam qo'ydim. Bundan keyin ikki xissa bosim, ikki xissa masuliyat bilan o'ynashimga to'g'ri keladi.

― Adashmasam, shu oyning oxirida Farg'onaliklar bilan tuzgan bitimingiz poyoniga etadi. Kelajak haqida ham o'ylab ko'rdingizmi?
― Ha haqiqatdan ham jamoa bilan tuzgan shartnomamiz oxirlab bormoqda. Aytishlaricha shu oyning 10 kuni jamoamiz yig'in o'tkazadi. O'sha yig'inda men ham ishtirok etaman va jamoa rahbariyati bilan bu borada bir kelishib olamiz. Ammo oldimizdagi variantlarni sir saqlasam degandim. CHunki hayotda oldindan biron nima deyishni istamayman.”

Kun botarga yaqin Farg'ona tomon shoshib borayotgan avtomashinani Bag'dod tumaniga kelganimizda tormozlatishimizga to'g'ri keldi. Sababki, bu tumanda ko'p yillardan beri milliy terma jamoamiz fan klubi azosi xisoblanmish O'tkirbek ismli do'stim mini-futbol maydonchasini qurib bitkazgan ekan. Uni o'zim ko'zlarim bilan ko'rishim uchun stadionga etib borganimizda ajib bir voqeaga ko'zim tushdi. Ne ko'z bilan qaraylikki, ayni damda erkin agent maqomidagi himoyachi Oqilxon Mahmudov yakka tartibda astoydil mashg'ulotlarni olib borayotgandi. Birinchi liga joniga tegib ketgan futbolchi oliy ligada to'p tepishga qattiq bel bog'lagan ko'rinadi nazarimizda.                
    


― Qishki tatilni mashg'ulotlar bilan o'tkazayotganligingizni nima bilan izohlaysiz?
― Ortda qolgan mavsumning so'ngida kichik jarohat orttirib olgandim. SHuni daolash va undan so'ng tiklanishim uchun ozgina vaqt kifoya qildi. Ammo futbolni sog'inishim va endigi mavsumga jiddiyroq tayyorgarlik ko'rishim lozim. Ochig'ini aytganda oliy liga jamoalari bilan muzokara olib bormoqdamiz. Nasib qilsa tez kunda bu masalaga aniqlik kiritiladi. Ana shundagina jamoaning nomini ham bilib olishingiz mumkin. Ammo xozircha buni sir tutishni lozim deb topdim (shunday intiluvchan do'stlar ko'payaversin).

Navbat yosh bombardirga. Oltiariq tumanining yangi istedod sohibi. “Guliston”ni birinchi ligadan oliy ligaga chiqishida ham, va oliy ligadagi qisqa muddatli faoliyatida ham Bu futbolchi hujumchilarga xos tarzda harakat qilib kerakli paytlarda o'zining xissasini qo'sha oldi. Gap kim haqida ketayotganligiga qiziqib qoldingizmi. Dilimuhammad Xudoyberdiev. Bu futbolchi borasida gap ochishdan avval “yosh to'purar” deya tarif berganimga ajablanmang. Yoshlar ligasida shunday bo'lishi lozim edi. Bu haqida kelgusida alohida to'xtalamiz. Gulistonliklarning qisqa muddatli ishtiroki ko'pchilik singari bu qahramonimizning kelgusidagi faoliyatini jumboqqa aylantirgan ko'rinadi. CHunki, o'z mavqei darajasida to'p tepishni istaydigan to'purarlar faqatgina oliy liga jamoalarida ko'rinishadi. Xo'sh, bu borada futbolchining o'zi qanday fikrda?!



   “Mavsum poyoniga etishi bilan ota–onam oldiga etib keldim. Garchi jamoamiz oliy ligani qisqa muddat ichida tark etgan bo'lishiga qaramay o'z muxlislari qalbida o'zisha yarasha o'rin egalladi deb o'ylayman. Ammo jamoani ligada olib qolish uchun hamma ham o'zida borini berib harakat qildi. Lekin nima ham derdik, taqdir ekan. Omad ham bazi paytlarda birinchi o'ringa ko'tarilib olishini yana bir karra guvohi bo'ldik. SHaxsiy fikr bildiradigan bo'lsam, jamoani oliy ligada olib qola olmaganimiz uchun afsusdaman.

― Qishki tatil borasida fikrlaringiz...
― Tatil bo'lishi bilan uyga qaytishni rejalagandim. CHunki oilada to'ng'ich farzand bo'lganim uchun, otamni qo'lidagi yumushini olishga intilaman. Otam meni futbolga olib kirgan va ushlab turgan asosiy kishim sanaladi. U kishidan faqat hayotiy saboqlarni olibgina qolmay, futbolda ham ko'rsatmalariga to'la amal qilishga intilaman. SHundan malum bo'ladiki. Ko'p vaqtimni uyda o'tkazishga harakat qilyapman. Ammo do'stlarim uyda ekanligimdan foydalanib mahalliy ishqibozlar bilan ko'proq futbol o'ynashga olib ketib qolishadi. Buni ham o'ziga yarasha gashti bor. CHunki butun mavsum davomida futbol ichida yurib do'stlarim bilan birga kam vaqt bo'lardim. Ndi esa bemalol ular bilan ko'rishi, dillashib yurish imkoniyati bor. Men bundan unumli foydalanishga harakat qilyapman. Ammo bir narsani unutmaslik kerak. Men kelajakda ham oliy ligada to'p tepishim lozim. SHunday ekan o'z ustimda ishlashni kanda qilganim yo'q.

― “Guliston” bilan tuzilgan bitimingiz bormi?
― Bu kabi shaxsiy savollarga javob bera olmayman. CHunki keyingi taqdirim borasida aniq bir fikrni ayta olmayman. Ammo faoliyatim bilan shug'ullanadigan shaxslar bor. Ularni fikricha oldimizda bir nechta variantlar bor ekan. Lekin ular borasida xozircha biror fikr ayta olmayman. Faoliyatim bilan asosan dadam shug'ullanadi. SHu kishini ko'rsatmalaridan chetga chiqishni istamayman”.

Ro'zali Qurbonov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика