So’nggi yangiliklar

23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  3 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  2 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  23 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   8 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1

Qishki tanaffus oldidan: SHomurodov gol urgan A Seriya 19-turi yakunlari Yangiliklar

Qishki tanaffus oldidan: SHomurodov gol urgan A Seriya 19-turi yakunlari

Italiya chempionatida qishki tanaffus oldidan oxirgi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Kalyari"ni engdi

Mezbonlar yilni g'alaba bilan yakunlashlari juda muhim edi. "Keksa sinora" chindan bellashuvni ancha tetik boshladi. O'yin avvalidayoq Kuadradoning uzatmasidan keyin Kin boshi bilan yaxshi zarba berdi, ammo to'p ustunga tegib qaytdi. Keyin "Kalyari" o'yinni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtira oldi va hatto raqib darvozasiga xavf sola boshladi. Biroq "Yuventus" asta-sekin yana to'p nazorati va o'yin tizginini o'z qo'liga qaytarib oldi. Bernardeski uzoq masofadan zarbasidan keyin to'p avval raqib himoyachisi oyog'iga tegdi, keyin Kinning boshiga tegib, darvoza to'riga borib tushdi. Biroz tasodifiy gol, ammo o'yinning borishi shunga qarab ketayotgandi.

Ikkinchi bo'lim boshida Joao Pedro hisobni tenglashtirish uchun o'ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi, biroq qanotdan uzatmadan keyin chamasi 5 metrlardan darvozani poylay olmadi. "Kalyari" "Yuventus"ning chap qanot himoyasidan yorib o'tishda davom etdi. Negadir shu kecha Aleks Sandro u qadar ishonchli o'yin ko'rsata olmasdi. Qanotdan amalga oshirilgan yana bir uzatmadan keyin Joao Pedro endi darvozaga aniq zarba berdi, lekin SHensni jamoasini qutqarib qoldi. "Yuventus" esa hujumda kutilganidek ishonchli harakat qila olmas, qaerdadir omad etishmasdi. SHu pallada futbolchilarning individual mahorati birinchi planga chiqdi. Kulushevski markazda to'pni olib qo'yib, jarima maydonigacha etib bordi va Bernardeskiga aniq uzatmani amalga oshirdi, Federiko esa darvozaning pastki burchagini nishonga aniq oldi va uch ochko masalasini hal qildi.


SHomurodovning goli "Roma" uchun etarli bo'lmadi

"Jalorossi" o'yinni hujumlar bilan boshlashdi. Veretuning uzatmasidan keyin Abraxam qulay nuqtaga chiqib bordi, lekin zarbasi qovushmadi. Temi ancha faol edi. Vaziyatlardan birida Mxitaryanning uzatmasidan keyin u havodagi kurashda ustun keldi, ammo yana mo'ljalda adashdi. "Sampdoriya" esa hujumdan ko'ra, ko'proq o'z darvozasi xavfsizligi haqida ko'proq bosh qotirardi va ha deganda hujumga boravermasdi.

SHunday bo'lsada, ikkinchi bo'lim boshlanganini bildiruvchi hushtakdan keyinoq Kandreva jarima maydonchasida to'pni qabul qildi, bir aylanib zarba ham yo'llashga muvaffaq bo'ldi, ammo to'p ustunga tegib qaytdi. O'yin yana ancha sokin ruhda davom etardi va jamoalar raqibga vaziyat yaratish uchun imkon bermaslikka intilardi. Sokinlikni zaxiradan tushgan Eldor SHomurodov buzib yubordi. Hamyurtimiz o'z uslubida harakat qildi, Eldor jarima maydonchasida kurashda to'pni egallab olib, oxirigacha harakat qildi va takroriy urinishda darvozaning burchagini nishonga oldi. Ko'p o'tmay, Zanolo "Roma"ning ustunligini mustahkamlashi mumkin edi, biroq Audero raqib futbolchisi to'pni o'zining ustidan tashlab qo'yishiga yo'l qo'ymadi. "Sampdoriya" esa taslim bo'lish niyatida emasdi. Jarima maydonchasidagi yuzaga kelgan chalkashlik, rikoshetlar oqibatida to'pga Gabbyadini o'zi istagandek zarba berib, yaqin masofadan osongina gol urib ketdi. O'yin so'ngida Mxitaryanda yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo uning aylanma usulda yo'llagan to'pi darvoza yonginasidan o'tib ketdi. Oqibatda, "Roma" birinchi davrani 5-o'rinda yakunladi, "Sampdoriya" esa 15-pog'onani band etib turibdi.


"Inter" bu safar "Torino"dan ustun keldi

Ko'pchilik uchun kutilmaganda "Torino" o'yinni dadilroq va "jaxl" bilan boshladi. Ivan Yurich pressing bilan nafaqat raqibni balki mutaxasislarni ham xayron qoldira oldi. Buning oqibatida vaziyatlar asosan Xandanovich darvozasi oldida yuzaga kelardi. CHinakamiga golli vaziyatlar deya olmasakda, muntazam bosim aynan "neradzurri" darvozasi oldida yuzaga kelardi. Qizig'i, "Inter" safida ilk xavfli imkoniyat markaziy himoyachi Bastonida bo'ldi, biroq futbolchi mo'ljalda adashdi. Asta-sekin o'yin tempini oshirgan "Inter" ustunlikni tomoniga og'dirdi va bu golga olib keldi. Jeko jarima maydonchasi chetidan to'pni markaz tomon yo'lladi va Brozovich to'pga tegmay "assist" bajargan bo'lsa, Dyumfris birinchi urinishdayoq to'pni darvozaga joylab qo'ydi. SHu tariqa, Denzel A Seriyadagi 3-golini nishonladi. Keyingi vaziyatdayoq Lautaro farqni oshirishi mumkin edi, biroq kiperni ham aldab o'tgan argentinalik darvozani nishonga ola bilmadi. 



Tanaffusdan keyin "Torino" yana pressingni ishga soldi va faol harakat qila boshladi. Asosan "buqalar" uzoq masofadan zarbalar berishdi. Turinliklarning eng xavfli vaziyati sifatida Brekaloning jarima zarbasidan yo'llagan to'pini aytish mumkin, ammo Xandanovich bu safar ham jamoadoshlari joniga oro kirdi. Umuman olganda, "Inter" ham gol urishi mumkin edi, lekin Aleksis Sanches aylanma zarbasi nafaqat posbonni, balki darvozani ham chetlab o'tdi. Umuman olganda "Inter" raqibiga hujumda ortiqcha imkon bermadi, vaholanki o'zi ham oldinda u qadar yorqin o'yitn ko'rsata olmadi, biroq muhim g'alabani qo'lga kiritdi hamda A Seriya etakchisi sifatida tanaffusga chiqib ketdi.


Oltita gol urilgan o'yinda "Milan" "Empoli"ni taslim etdi

O'tgan turdagi o'yin so'ngida tushunarsiz sabab bilan inobatga olinmagan goldan keyin "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyat alamini unutmagan milanliklar ilk daqiqalardan hujumga otildi. Taqdir xazilimi yo boshqa, ammo bu safar ham o'sha inobatga olinmagan golga juda o'xshash holat, yakuniy zarba muallifi o'sha Kessie, Jiru esa erda to'pdan "qochardi". "Empoli" esa ko'p o'tmay o'zi ham imkon tug'ilsa raqib darvozasiga xavf solishi mumkinligini ko'rsatib qo'ydi. Burchak zarbasidan keyin to'p qarama-qarshi qanotga borib tushdi va Bayrami to'pni erga tushirmay darvozani ishg'ol qildi. "Empoli" hujum qilishda va vaziyatlar yaratishda davom etdi, golni esa "Milan" urib ketdi. Kessie hech kim kutmaganda juda o'tkir burchakdan zarba berdi, "Empoli" posboni esa to'pni oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi.

Mezbonlar ikkinchi bo'lim startidayoq muvozanatni tiklashlari mumkin edi. Ajoyib harakatlaridan keyin Bayrami darvoza to'sinini poyladi. "Milan" esa akademik futbol ko'rsatardi. Vaziyatlarning birida jamoa standartga ega bo'ldi. To'p oldiga Florenci yaqinlashdi va "rikoshet" yordamida hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Ko'p o'tmay, Teo barchasini barchaga tushunarli qilib qo'ydi. Qoyil qolish kerak, "Empoli" futbolchilari g'alaba qo'ldan boy berilganini tushunsada, taslim bo'lmasdi. Mehnati mukofoti sifatida penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Pinamonti imkoniyatdan unumli foydalandi va "Empoli"ni yirik mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

SHuningdek, "Atalnata" va "Jenoa" gol ura olishmadi, "Napoli" kutilmaganda "Speciya"ga yutqazib qo'ydi, "Salerntina" - "Udineze" o'yini o'tkazilmadi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика